https://oz.sputniknews.uz/20211220/qanday-mayonez-foydali-21860890.html
Qanday mayonez foydali
Qanday mayonez foydali
Sputnik O‘zbekiston
Mayonezning zarari haqida so‘z ketganda, shifokorlar faqat do‘kondan xarid qilingan mayonezni nazarda tutadi. Chunki, uning tarkibida konservantlar mavjud. Uyda tayyorlangan mayonez, aksincha, foydali bo‘lishi mumkin.
2021-12-20T22:25+0500
2021-12-20T22:25+0500
2021-12-20T22:25+0500
jamiyat
mahsulot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/11/21836206_0:322:1920:1402_1920x0_80_0_0_d212e3303484ec21cc74fe0a88d0c36d.jpg
Mayonezning zarari haqida so‘z ketganda, shifokorlar faqat do‘kondan xarid qilingan mayonezni nazarda tutadi. Chunki, uning tarkibida konservantlar mavjud. Uyda tayyorlangan mayonez (aytish joiz, uni tayyorlash oson) aksincha, foydali bo‘lishi mumkin - uning tarkibida kaloriyalar ikki barobar kam bo‘ladi.Avvalombor, tabiiy mayonez tarkibiga kiruvchi tuxum sarig‘i teriga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, uning elastikligini oshiradi. O‘simlik yog‘lari esa yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘yinmagan yog‘ kislotalariga ega.Bundan tashqari, tabiiy mayonezda E va F vitaminlari mavjud. Ushbu vitaminlar metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Ya’ni bunday mayonez qomat uchun zararli emas.Uy sharoitida mayonez tayyorlash uchun esa ko‘p vaqt kerak bo‘lmaydi.Masalliqlar:tuxum – 3 dona;dijon xantali (gorchitsasi) – 20 g;zaytun yog‘i- 150 gr;o‘simlik yog‘i- 150 gr;limon sharbati- 30g;tuz- 3 gr;shakar- 20 g.Tayyorlanishi:Barcha mahsulotlarni tayyorlab qo‘ying, tuxum sovuq holda bo‘lishi kerak.O‘simlik va zaytun yog‘larini aralashtirib oling.Chuqur tovaga tuxumlarni chaqing, gorsicha, limon sharbati, tuz, shakar qo‘shing. Masalliqlar oppoq rangga kirguncha va hajmi 2 barobar ko‘payguncha, blender bilan yaxshilab aralashtirib oling.Blender bilan aralashtirishni to‘xtatmagan holda yog‘larni ham qo‘shib boring.Foydali mayonez tayyor!Tabiiy mayonezni bir necha kundan ortiq saqlash mumkin emas, chunki uning tarkibida tez ayniydigan mahsulotlar bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/11/21836206_0:0:1920:1440_1920x0_80_0_0_2ee68b18b52b35bb4ac6eb9eed95fb64.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mayonez foydasi zarari uyda mayonez tayyorlash
mayonez foydasi zarari uyda mayonez tayyorlash
Qanday mayonez foydali
Odatda diyetologlar mayonezni zararli mahsulot deya, tavsiya qilmaydi. Biroq, ushbu mashhur sous foydali bo‘lishi ham mumkin. Uy sharoitida qanday qilib zararli qo‘shimchalarsiz mayonez tayyorlash mumkin - bizning materialimizda o‘qing.
Mayonezning zarari haqida so‘z ketganda, shifokorlar faqat do‘kondan xarid qilingan mayonezni nazarda tutadi. Chunki, uning tarkibida konservantlar mavjud. Uyda tayyorlangan mayonez (aytish joiz, uni tayyorlash oson) aksincha, foydali bo‘lishi mumkin - uning tarkibida kaloriyalar ikki barobar kam bo‘ladi.
Avvalombor, tabiiy mayonez tarkibiga kiruvchi tuxum sarig‘i teriga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, uning elastikligini oshiradi. O‘simlik yog‘lari esa yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan to‘yinmagan yog‘ kislotalariga ega.
Bundan tashqari, tabiiy mayonezda E va F vitaminlari mavjud. Ushbu vitaminlar metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Ya’ni bunday mayonez qomat uchun zararli emas.
Uy sharoitida mayonez tayyorlash uchun esa ko‘p vaqt kerak bo‘lmaydi.
dijon xantali (gorchitsasi) – 20 g;
Barcha mahsulotlarni tayyorlab qo‘ying, tuxum sovuq holda bo‘lishi kerak.
O‘simlik va zaytun yog‘larini aralashtirib oling.
Chuqur tovaga tuxumlarni chaqing, gorsicha, limon sharbati, tuz, shakar qo‘shing. Masalliqlar oppoq rangga kirguncha va hajmi 2 barobar ko‘payguncha, blender bilan yaxshilab aralashtirib oling.
Blender bilan aralashtirishni to‘xtatmagan holda yog‘larni ham qo‘shib boring.
Tabiiy mayonezni bir necha kundan ortiq saqlash mumkin emas, chunki uning tarkibida tez ayniydigan mahsulotlar bor.