Migrantlarni almashtirish bo‘yicha yangi taklif: endi qurilish maydonlariga kimlar jalb etiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlar o‘rniga qurilish maydonlarida ishlash uchun unchalik boy bo‘lmagan hududlardan rossiyaliklarni jalb qilish kerak - Valeriy Fadeyev.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Migrantlar o‘rniga qurilish maydonlarida ishlash uchun unchalik boy bo‘lmagan hududlardan rossiyaliklarni jalb qilish kerak, deb aytdi Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi raisi Valeriy Fadeyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada migrantlar o‘rtasida kadrlarni tashkillashtirilgan tanlov tizimi o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirish uchun ham xuddi shunday mexanizm yaratish kerak.
"Millionlab mehnat migrantlarga xizmat qiluvchi kuchli tizim mavjud. Rossiya hududlarida ishga yollash tizimiga o‘xshash narsa yo‘q. Uni yaratish kerak", - dedi Fadeyev.
Bu Rossiya hukumatining koronavirus pandemiyasi tufayli qurilish obyektlarida kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilishga qaratilgan birinchi tashabbusi emas.
Ilgariroq Federal jazoni ijro etish xizmati migrantlarni mahbuslar bilan almashtirishni taklif qildi. Adliya vazirligi va Tergov qo‘mitasi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
O‘z navbatida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin pensionerlarni jalb qilish taklifi bilan chiqdi.
Ijtimoiy tadqiqotlar va fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish instituti esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari talabalarini qurilish loyihalariga jalb qilishni taklif qildi.
Bu nafaqat ishchi kuchi tanqisligini to‘ldiradi, balki yangi bitiruvchilarga o‘z kasbiy faoliyatini yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Bundan oldin Rossiya Davlat Dumasi axborot siyosati, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari qo‘mitasi raisi Aleksandr Xinshteyn Sputnik’ga bergan intervyusida
Moskva hukumatining uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida migrantlar mehnatidan foydalanishni kamaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Siyosatchi asosiy ustuvorlikni pandemiyadan keyin ishga muhtoj bo‘lgan Rossiya fuqarolariga berish kerak, deb hisoblaydi. Biroq, Moskva va hududlarda MDHdavlatlaridan yuqori malakali kadrlariga talab yuqori.
“Bizga barcha soha va yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar kelishini istardik: shifokorlar, muhandislar, sanoatchilar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, IT -mutaxassislar”, - deb tushuntirdi Xinshteyn.
Yangiliklar lentasi
0