https://oz.sputniknews.uz/20211220/maktablarda-yangi-yil-bayramini-nishonlashga-hech-qanday-cheklovlar-yoq--xtv-21858926.html
Maktablarda Yangi yil bayramini nishonlashga hech qanday cheklovlar yo‘q – XTV
Maktablarda Yangi yil bayramini nishonlashga hech qanday cheklovlar yo‘q – XTV
Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq xabarnomaga qo‘shimcha izoh berdi.
2021-12-20T14:22+0500
2021-12-20T14:22+0500
2021-12-20T14:22+0500
jamiyat
maktab
yangi yil
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/145/34/1453402_0:129:2902:1761_1920x0_80_0_0_5a13a31336404e0fe0fde428132dc988.jpg
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi maktablarda Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq xabarnomaga qo‘shimcha izoh berdi.Eslatib o‘tamiz, unda maktablar o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emasligi (boshlang‘ich sinf xonalaridan tashqari) ma’lum qilingan edi.XTVning yangi xabarida vazirlikning maktablarga Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov yuzasidan tegishli xati noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirgan.Shu bilan birga maktablarda pul yig‘imlari hamda ota-onalarning e’tirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida maktab o‘quvchilariga Yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.“Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini ma’lum qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlangani haqidagi xabar tarqalgan edi, ammo bu boradagi rasmiy xabar e’lon qilinmagan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/145/34/1453402_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c41b197fd8b824f614e40452245b5c94.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
maktablarda yangi yil bayrami yangi yilni nishonlash xtv bayonoti
maktablarda yangi yil bayrami yangi yilni nishonlash xtv bayonoti
Maktablarda Yangi yil bayramini nishonlashga hech qanday cheklovlar yo‘q – XTV
Xalq ta’limi vazirligi uning birinchi xabari noto‘g‘ri talqin qilingani bildirilgan.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi maktablarda Yangi yil bayramini
nishonlash bilan bog‘liq xabarnomaga qo‘shimcha
izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, unda maktablar o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emasligi (boshlang‘ich sinf xonalaridan tashqari)
ma’lum qilingan edi.XTVning yangi xabarida vazirlikning maktablarga Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov yuzasidan tegishli xati noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirgan.
“Umumta’lim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar mavjud emasligini bildiramiz”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga maktablarda pul yig‘imlari hamda ota-onalarning e’tirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida maktab o‘quvchilariga Yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
“Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini ma’lum qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlangani haqidagi xabar tarqalgan edi, ammo bu boradagi rasmiy xabar e’lon qilinmagan edi.