Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m beramiz - Farg‘ona viloyati hokimi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
"Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m beramiz" - Farg‘ona viloyati hokimi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Bugun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xalqqa murojaat bilan chiqdi va hududda amalga oshirilgan ishlar va qilinishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida vazn tashlagan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tegishli poliklinikaga borib, joriy vaznini belgilatib qo‘yadi. 6 oydan keyin vazni yana qayta o‘lchanadi. Yo‘qotilgan har bir kilo uchun 500 ming so‘m beriladi.
"5 kilo vazn tashlasa 2,5 million, 10 kilo vazn tashlasa, 5 million pul oladi. Keyin unga pul berishning hojati qolmaydi. 10 kilo vazn tashlasa, o‘zi ham yengil bo‘lib qoladi. Ko‘zlari ochiladi. Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydi", — dedi viloyat hokimi.
Yangiliklar lentasi
0