https://oz.sputniknews.uz/20211220/angrenda-ikkita-yuk-poezdi-toqnashuvi-oqibatida-20-ta-vagon-agdarildi--video-21853121.html
Angrenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 20 ta vagon ag‘darildi – video
Angrenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 20 ta vagon ag‘darildi – video
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahri hududida poyezd ag‘darilib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
2021-12-20T09:37+0500
2021-12-20T09:37+0500
2021-12-20T09:37+0500
hodisalar
angren shahri
poyezd halokati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/05/15945434_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_918526477bf40b480229a5f62bd5f255.jpg
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahri hududida poyezd ag‘darilib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.Xabarda yozilishicha, holat 19-dekabr kuni soat 05:03 da Angren shahridan 19 kilometr sharqiy yo‘nalishda joylashgan "O‘zbekko‘mir" AJga qarashli Angren ko‘mir koni hududida sodir bo‘lgan. 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning siqilgan havosiz qolishi oqibatida boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yo‘lda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilgan.Oqibatda jami 33 ta yuk vagonidan 20 tasi (010-sonli poyezddan 14 ta ko‘mir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomativ sostavidan 6 ta bo‘sh vagon) temir yo‘l izidan chiqib ag‘darilgan.Surxondaryoda poyezd va yuk avtomobili to‘qnashib ketdiHodisa oqibatida 010-poyezd mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.Mazkur holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida voqea joyiga "O‘zbekko‘mir" AJ tasarrufidagi "Temir yo‘l transport" filialidan 2 ta yuk krani, 2 ta pogruzchik va 50 nafar ishchi xodim jalb etilgan.Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda
angren shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/05/15945434_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_dc1be5f38ef7e9917d10242275fd228d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
angren yuk poyezdi to‘qnashishi
angren yuk poyezdi to‘qnashishi
Angrenda ikkita yuk poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 20 ta vagon ag‘darildi – video
Angren ko‘mir konida 2 ta elektrovoz to‘qnashishi natijasida 20 ta vagon ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida mashinist va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahri hududida poyezd ag‘darilib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha
ma’lumot berdi.
Xabarda yozilishicha, holat 19-dekabr kuni soat 05:03 da Angren shahridan 19 kilometr sharqiy yo‘nalishda joylashgan "O‘zbekko‘mir" AJga qarashli Angren ko‘mir koni hududida sodir bo‘lgan. 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning siqilgan havosiz qolishi oqibatida boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yo‘lda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilgan.
Oqibatda jami 33 ta yuk vagonidan 20 tasi (010-sonli poyezddan 14 ta ko‘mir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomativ sostavidan 6 ta bo‘sh vagon) temir yo‘l izidan chiqib ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida 010-poyezd mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida voqea joyiga "O‘zbekko‘mir" AJ tasarrufidagi "Temir yo‘l transport" filialidan 2 ta yuk krani, 2 ta pogruzchik va 50 nafar ishchi xodim jalb etilgan.
Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda