https://oz.sputniknews.uz/20211219/tomorqa-er-egalariga-kredit-ajratiladi-21846441.html
Tomorqa yer egalariga kredit ajratiladi
Tomorqa yer egalariga kredit ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
"Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2021-12-19T21:40+0500
2021-12-19T21:40+0500
2021-12-19T21:40+0500
iqtisod
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/13/21846414_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_dda3e5ffe7ee475d5413a322ab7b411e.jpg
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 100 million dollar ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari bosqichma-bosqich 4-yillik imtiyozli davr bilan 9-yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltiriladi.Shu asosda tomorqa yer egalariga:2026 yil 1-yanvargacha:- tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi;- suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, darolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi.Qarorga ko‘ra, 2022-yilda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarini sug‘orish uchun jami 113 ta tumanda 2 150 ta vertikal sug‘orish quduqlari ishga tushiriladi.Dehkonchilik uchun 1 gektargacha yer ijaraga beriladi2022 yil 1-aprelgacha fuqarolar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini marketpleys usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platforma faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.Platformaga ulanish va xizmatlardan foydalanish bepul bo‘ladi.Orolbo‘yi mintaqasidagi tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari beriladi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/13/21846414_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f07c6113d3e45f000871b1a3a9823511.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tomorqa yer egalariga kredit fermerlarga kredit kredit olish
tomorqa yer egalariga kredit fermerlarga kredit kredit olish
Tomorqa yer egalariga kredit ajratiladi
Tomorqa yer egalariga parranda, baliq boqishni yo‘lga qo‘yish,kichik intensiv bog‘dorchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 100 million dollar ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari bosqichma-bosqich 4-yillik imtiyozli davr bilan 9-yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltiriladi.
Shu asosda tomorqa yer egalariga:
qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;
kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik;
poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi.
- tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi;
- suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, darolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yilda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarini sug‘orish uchun jami 113 ta tumanda 2 150 ta vertikal sug‘orish quduqlari ishga tushiriladi.
2022 yil 1-aprelgacha fuqarolar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini marketpleys usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platforma faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Platformaga ulanish va xizmatlardan foydalanish bepul bo‘ladi.