O‘zbekistonda favqulodda holat joriy etish tartibi qanday

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoldat s avtomatom v odnoy iz ulis Tashkenta
Soldat s avtomatom v odnoy iz ulis Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2021
Obuna bo‘lish
Favqulodda holat prezident farmoni bilan O‘zbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Favqulodda holat fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga, konstitutsiyaviy tuzumga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qo‘llamasdan bartaraf etish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, alohida hollarda joriy etiladi.
Favqulodda holat prezident farmoni bilan O‘zbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
O‘zbekistonning butun hududidagi favqulodda holat 30 sutkadan, ayrim joylardagi favqulodda holat esa 60 sutkadan oshishi mumkin emas.
Favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmaganda muddat uzaytirilishi mumkin.
Senatorlar favqulodda holat to‘g‘risidagi qonunni ma’qullashdi
Favqulodda holat davrida quyidagi choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin:
davlat organlari vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish;
harakatlanishga nisbatan cheklovlar;
jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish;
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga cheklovlar;
oziq-ovqatni va eng zarur narsalarni sotish, sotib olish hamda taqsimlashning alohida tartibi;
yig‘ilishlar, mitinglarni taqiqlash yoki cheklash;
transportlar harakatini cheklash.
Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha maxsus davlat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi;
- hudud komendaturasi.
Real tashqi xavf bo‘lganida komendantlik soati joriy etilishi mumkin. Bunda qoidalarni buzgan shaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Yangiliklar lentasi
0