https://oz.sputniknews.uz/20211218/ochiq-osmon-shartnomasini-buzish--aqshning-xavfli-tashabbusi-21843021.html
Ochiq osmon shartnomasini buzish – AQShning xavfli tashabbusi
Ochiq osmon shartnomasini buzish – AQShning xavfli tashabbusi
AQShning halqaro shartnomalardan chiqib, global xafsizlikka doir majburiyatlardan voz kechishi - Rossiya va Xitoyga qarshi yuqori texnologiyali urushga tayyorgarlik koʻrishini anglatishi mumkin, deydi harbiy sharhlovchi.
2021-12-18T22:48+0500
2021-12-18T22:48+0500
2021-12-19T00:09+0500
kolumnistlar
aqsh
pentagon
rossiya mudofaa vaziri
nato
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/165/97/1659786_0:1:1501:845_1920x0_80_0_0_3a7c0e2629dd06151cd65d89f2fd97cb.jpg
TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Maʼlumki, Rossiya 18 dekabrdan boshlab “Ochiq osmon shartnomasidan” (OOSH) chiqdi. Bu AQShning 2020 yil 22 noyabr kuni ushbu shartnomadan chiqishiga muvofiq javob boʻldi.Bu AQSH tomonidan oʻn yillar davomida yaratilgan dunyo xavfsizlik tizimini birinchi bor sindirilishi emas. Amerika uchun Yevroa yoki Osiyodagi “hamkorlar” yoki Yer sharidagi boshqa davlatlar manfaatlari sariq chaqaga ham arzimaydi.Biroz oldin Vashington bir necha oʻzi uchun noqulay boʻlgan Xavo hujumidan himoya va Oʻrta va yaqin masofaga uchuvchi raketlar haqidagi xalqaro shartnomalardan chiqqan edi.Endi navbat Koinotda ommaviy qurol vositasi joylashtirish haqidagi shartnomaga kelganga oʻxshaydi. AQSH HHKning X-37 shatllining koinotga uzoq safarlarining maqsadi haligacha mutlaq sir boʻlib qolmoqda.Ochiq Osmon haqidagi shartnoma 1992 yilning 24 martida Xelsinikida imzolangan boʻlib, 2002 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan. Unga koʻra bir davlatning maxsus fotokameralar bilan jihozlangan samolyotlari boshqa davlat ustidan uchib oʻtishga huquq beradi. Shartnomani YEXHTning 34ta davlati, jumladan AQSH va Kanada ham imzolagan edi. Unga koʻra dunyoning turli mamlakatlari ustidan amalga oshirilgan parvozlar davomida jamlangan materiallar yagona bazaga jamlanar edi.OOShni razvedka vositasi deb qabul qilish kerak emas, chunki bugungi kunda mavjud sunʼiy yoʻldoshlar bitta mamlakat ustida muallaq qolishi va keraklicha maʼlumot toʻplash imkoniga ega. Jumladan elektromagnit toʻlqinlari yordamida ham.Rossiyaning faol ishtirokida qabul qilingan OOSH birinchi navbatda oʻzaro ishonch, harbiy-siyosiy xavfsizlik, ochiqlikni maqsad qilgan va bir kun kelib nizolar tugashiga umid baxsh etayotgan edi.Shu sababli Rossiya hukumati 2020 yilning 22 noyabrida Vashingtonning OOShdan chiqish haqidagi qarorini afsus bilan qabul qildi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi “Amerika ishtirokisiz ushbu shartnomadan maʼno yoʻq”, deb izoh berdi. Moskva NATOning boshqa davlatlari bor boʻlgan, lekin AQSH boʻlmagan shartnomada ishtirok etishni oʻziga ep bilmadi. Chunki ular kerakli maʼlumotni AQShga yetkazib turishi mumkin edi.Muammoni chigal qilish Aslida Vashington oʻzaro parvozlar gʻoyasini birinchi boʻlib olgʻa surgan edi (oʻziga xos razvedka). Keyinchalik shartnomani raqamli platformaga oʻtkazish (oʻzlari ustuvor boʻlgan sohaga) taklif qilindi. Oʻz vaqtida Rossiya hududidagi harbiy obʼyektlarni samolyotdan turib suratga olishga ruxsat berish – oson qaror boʻlmagan edi. Lekin Rossiya mukammal raqamli suratga olish texnikasi yaratganidan soʻng esa, AQSH oʻz hududida “uchish mumkin boʻlmagan zonalar” va boshqa toʻsiqlar tashkil qila boshladi.Biroz oldin AQSH Davlat departamenti Rossiyani OOSH doirasida olingan maʼlumotlardan AQSH va Yevropada strategik muhim obʼyektlarga zarba berish uchun foydalanishni maqsad qilishda ayblagan edi. Goʻyoki buning uchun Rossiyaning Yer orbitasida joylashgan harbiy kismik apparatlari borligini unutib qoʻygandek.OOSH doirasida hamkorlik qilishda AQSH va NATOning doimiy ravishda bir tomonlama ustuvorlikka ega boʻlishga harakat qilishi doimiy ravishda kuztildi. Bunda faktlarni qisman koʻrsatish, ochiqcha yolgʻon, javobgarlikni boshqaga toʻnkash va boshqa qator uslublar qoʻllanildi.Vashingtonning Havo Mudofaasi, Yaqin va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar haqidagi va Ochiq osmon shartnomalaridan chiqishi – yagona strategiyani anglatadi. Ular kelajakda Yevropa va Tinch Okeani harbiy harakatlar hududlarida oʻzlarining “koʻp domenli, bulutli” (multi-domain cloud) stsenariylarini erkin amalga oshirishlari uchun imkon yaratmoqda. Yaʼni oldin imzolangan xavfsizlik shartnomalariga koʻra raketa qurollari joylashtirish joyi, ularning uchish uzoqligi boʻyicha olgan majburiyatlaridan xalos boʻlishmoqda. Jumladan gipertovushli qurollar borasida ham.AQSH Harbiy havo kuchlarini qoʻllash doktrinasi “Qoʻshin tirik qolishi va bir vaqtning oʻzida jangovar quvvatni kuchaytirish boʻyicha proaktiv va reaktiv operativ sxema” deb nomlanadigan boʻlsa, bu faqat bir narsani anglatadi - yuqori texnologiyali urushga tayyorgarlik koʻrishni. Rossiya va Xitoyga qarshi.Amaliy funktsiyaPentagonning nomaqbul harakatlari uning Osiyo va Yevropadagi hamkorlariga katta zarar yetkazishi mumkin. AQShning bundan xabari bormikan, lekin yoʻqotishlarsiz global siyosatni yuritib boʻlmaydi. Yevropa buni tushunarmikan?Berlinda 23 noyabr kuni boʻlib oʻtgan anjumanda Ochiq Osmon shartnomasiga taaluqli, quyidagi qiziq suhbat boʻlib oʻtdi.Verner Zone, Germaniya atlantik assotsiatsiyasi boshqarmasidan:- Ochiq Osmon haqidagi shartnoma Sharq va Gʻarb orasida muhim hamkorlik aspoblaridan biri edi. Afsuski u bkor qilindi. NATO ushbu shartnomaga qaytishga tayyormi? Siz ushbu muhim shartnomaga qaytish uchun Rossiya bilan suhbat qilishga tayyormisiz?Yens Stoltenberg, NATO bosh kotibi:- NATO qurollarni nazxorat qilish ustida ishlamoqa, jumladan OOSH ustida ham. Lekin biz Rossiya tomonidan ushbu shartnomaga amal qilish borasida ayrim muammolarni koʻrdik, biz shuningdek Rossiyaning shartnomadan chiqish haqidagi qaroridan afsusdamiz, lekin biz suhbatga tayyormiz. Men uchun qurol aslaha boʻyicha suhbat qilish – bu kuchsizlik belgisi emas. Biz oʻzimizga ishonamiz, biz kuchlimiz, shu sababdan hech qachon Rossiya bilan gaplashishdan qoʻrqmaymiz.Stoltenberg, albatta, OOShni kim buzganini juda yaxshi biladi. AQSH Germaniya va YEIning boshqa mamlakatlari fikriga zish ravishda hech qanday muhokamasiz, oʻz manfaatlari yoʻlida shartnomani tark etdi.Gʻarb va Sharq orasida keyingi qarama-qarshilikda ham Shmoliy alyans cheklangan erkinlikka ega. Shartnomalar hech narsani cheklamay qoʻygan. Yevropaliklar fikri – hech narsani hal qilmaydi.Pentagonning oʻrta masofaga uchuvchi gipertovushli raketalari Yevropada joylashtirilmaganining yagona sababi – ular haliyam uchishli bilmasligidadir.OOSH nomli poyezd joʻnab ketgan boʻlsada, Rossiya TIVi bugun AQSH va NATO bilan imzolanishi mumkin boʻlgan bir necha shartnomalar loyihalarini eʼlon qildi. Agar Moskvaning “deeskalatsiya qilish” va “yangi xavfsizlik muvozanati” oʻrnatish haqidagi takliflari “hamkorlar”ni qoniqtirmasa, unda dunyoni rus qurolining chiroyi asrab qoladi.Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkning Telegram-kanaliga obuna boʻling.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/165/97/1659786_186:0:1313:845_1920x0_80_0_0_f73f79af76e7500193408493f9bfdee1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
aqsh nato rossiya xitoyga yuqori texnologiyali urush
aqsh nato rossiya xitoyga yuqori texnologiyali urush
Ochiq osmon shartnomasini buzish – AQShning xavfli tashabbusi
22:48 18.12.2021 (yangilandi: 00:09 19.12.2021) AQShning global xafsizlikka doir majburiyatlardan voz kechishi - Rossiya va Xitoyga qarshi yuqori texnologiyali urushga tayyorgarlik koʻrayotganini anglatishi mumkin - harbiy sharhlovchi.
TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Maʼlumki, Rossiya 18 dekabrdan boshlab “Ochiq osmon shartnomasidan” (OOSH) chiqdi. Bu AQShning 2020 yil 22 noyabr kuni ushbu shartnomadan chiqishiga muvofiq javob boʻldi.
Bu AQSH tomonidan oʻn yillar davomida yaratilgan dunyo xavfsizlik tizimini birinchi bor sindirilishi emas. Amerika uchun Yevroa yoki Osiyodagi “hamkorlar” yoki Yer sharidagi boshqa davlatlar manfaatlari sariq chaqaga ham arzimaydi.
Biroz oldin Vashington bir necha oʻzi uchun noqulay boʻlgan Xavo hujumidan himoya va Oʻrta va yaqin masofaga uchuvchi raketlar haqidagi xalqaro shartnomalardan chiqqan edi.
Endi navbat Koinotda ommaviy qurol vositasi joylashtirish haqidagi shartnomaga kelganga oʻxshaydi. AQSH HHKning X-37 shatllining koinotga uzoq safarlarining maqsadi haligacha mutlaq sir boʻlib qolmoqda.
Aftidan AQShning porloq kelajagi yoʻlida, Pentagonni hech qanday xalqaro shartnoma cheklab turmasligi kerak – bu ularning global, strategik vazifasi. Yevropa xavfsizligini qurbon qilsa ham boʻladi.
Ochiq Osmon haqidagi shartnoma 1992 yilning 24 martida Xelsinikida imzolangan boʻlib, 2002 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan. Unga koʻra bir davlatning maxsus fotokameralar bilan jihozlangan samolyotlari boshqa davlat ustidan uchib oʻtishga huquq beradi. Shartnomani YEXHTning 34ta davlati, jumladan AQSH va Kanada ham imzolagan edi. Unga koʻra dunyoning turli mamlakatlari ustidan amalga oshirilgan parvozlar davomida jamlangan materiallar yagona bazaga jamlanar edi.
OOShni razvedka vositasi deb qabul qilish kerak emas, chunki bugungi kunda mavjud sunʼiy yoʻldoshlar bitta mamlakat ustida muallaq qolishi va keraklicha maʼlumot toʻplash imkoniga ega. Jumladan elektromagnit toʻlqinlari yordamida ham.
Rossiyaning faol ishtirokida qabul qilingan OOSH birinchi navbatda oʻzaro ishonch, harbiy-siyosiy xavfsizlik, ochiqlikni maqsad qilgan va bir kun kelib nizolar tugashiga umid baxsh etayotgan edi.
Shu sababli Rossiya hukumati 2020 yilning 22 noyabrida Vashingtonning OOShdan chiqish haqidagi qarorini afsus bilan qabul qildi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi “Amerika ishtirokisiz ushbu shartnomadan maʼno yoʻq”, deb izoh berdi. Moskva NATOning boshqa davlatlari bor boʻlgan, lekin AQSH boʻlmagan shartnomada ishtirok etishni oʻziga ep bilmadi. Chunki ular kerakli maʼlumotni AQShga yetkazib turishi mumkin edi.
Muammoni chigal qilish
Aslida Vashington oʻzaro parvozlar gʻoyasini birinchi boʻlib olgʻa surgan edi (oʻziga xos razvedka). Keyinchalik shartnomani raqamli platformaga oʻtkazish (oʻzlari ustuvor boʻlgan sohaga) taklif qilindi. Oʻz vaqtida Rossiya hududidagi harbiy obʼyektlarni samolyotdan turib suratga olishga ruxsat berish – oson qaror boʻlmagan edi. Lekin Rossiya mukammal raqamli suratga olish texnikasi yaratganidan soʻng esa, AQSH oʻz hududida “uchish mumkin boʻlmagan zonalar” va boshqa toʻsiqlar tashkil qila boshladi.
Biroz oldin AQSH Davlat departamenti Rossiyani OOSH doirasida olingan maʼlumotlardan AQSH va Yevropada strategik muhim obʼyektlarga zarba berish uchun foydalanishni maqsad qilishda ayblagan edi. Goʻyoki buning uchun Rossiyaning Yer orbitasida joylashgan harbiy kismik apparatlari borligini unutib qoʻygandek.
OOSH doirasida hamkorlik qilishda AQSH va NATOning doimiy ravishda bir tomonlama ustuvorlikka ega boʻlishga harakat qilishi doimiy ravishda kuztildi. Bunda faktlarni qisman koʻrsatish, ochiqcha yolgʻon, javobgarlikni boshqaga toʻnkash va boshqa qator uslublar qoʻllanildi.
Aslida esa Amerikaning nodemokratik Rossiya va Xitoyga qarshi ayblovlari ortida AQShda yuqori isteʼmol darajasini saqlab qolish - boshqalar hisobiga yashash istagi yotadi xolos.
Vashingtonning Havo Mudofaasi, Yaqin va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar haqidagi va Ochiq osmon shartnomalaridan chiqishi – yagona strategiyani anglatadi. Ular kelajakda Yevropa va Tinch Okeani harbiy harakatlar hududlarida oʻzlarining “koʻp domenli, bulutli” (multi-domain cloud) stsenariylarini erkin amalga oshirishlari uchun imkon yaratmoqda. Yaʼni oldin imzolangan xavfsizlik shartnomalariga koʻra raketa qurollari joylashtirish joyi, ularning uchish uzoqligi boʻyicha olgan majburiyatlaridan xalos boʻlishmoqda. Jumladan gipertovushli qurollar borasida ham.
AQSH Harbiy havo kuchlarini qoʻllash doktrinasi “Qoʻshin tirik qolishi va bir vaqtning oʻzida jangovar quvvatni kuchaytirish boʻyicha proaktiv va reaktiv operativ sxema” deb nomlanadigan boʻlsa, bu faqat bir narsani anglatadi - yuqori texnologiyali urushga tayyorgarlik koʻrishni. Rossiya va Xitoyga qarshi.
Amaliy funktsiya
Pentagonning nomaqbul harakatlari uning Osiyo va Yevropadagi hamkorlariga katta zarar yetkazishi mumkin. AQShning bundan xabari bormikan, lekin yoʻqotishlarsiz global siyosatni yuritib boʻlmaydi. Yevropa buni tushunarmikan?
Berlinda 23 noyabr kuni boʻlib oʻtgan anjumanda Ochiq Osmon shartnomasiga taaluqli, quyidagi qiziq suhbat boʻlib oʻtdi.
Verner Zone, Germaniya atlantik assotsiatsiyasi boshqarmasidan:
- Ochiq Osmon haqidagi shartnoma Sharq va Gʻarb orasida muhim hamkorlik aspoblaridan biri edi. Afsuski u bkor qilindi. NATO ushbu shartnomaga qaytishga tayyormi? Siz ushbu muhim shartnomaga qaytish uchun Rossiya bilan suhbat qilishga tayyormisiz?
Yens Stoltenberg, NATO bosh kotibi:
- NATO qurollarni nazxorat qilish ustida ishlamoqa, jumladan OOSH ustida ham. Lekin biz Rossiya tomonidan ushbu shartnomaga amal qilish borasida ayrim muammolarni koʻrdik, biz shuningdek Rossiyaning shartnomadan chiqish haqidagi qaroridan afsusdamiz, lekin biz suhbatga tayyormiz. Men uchun qurol aslaha boʻyicha suhbat qilish – bu kuchsizlik belgisi emas. Biz oʻzimizga ishonamiz, biz kuchlimiz, shu sababdan hech qachon Rossiya bilan gaplashishdan qoʻrqmaymiz.
Berilgan savol aniq edi, lekin javob – noaniq boʻldi. Demak shartnomaning keyingi taqdirida heya qanday yaxshilik kutish kerak emas.
Stoltenberg, albatta, OOShni kim buzganini juda yaxshi biladi. AQSH Germaniya va YEIning boshqa mamlakatlari fikriga zish ravishda hech qanday muhokamasiz, oʻz manfaatlari yoʻlida shartnomani tark etdi.
Gʻarb va Sharq orasida keyingi qarama-qarshilikda ham Shmoliy alyans cheklangan erkinlikka ega. Shartnomalar hech narsani cheklamay qoʻygan. Yevropaliklar fikri – hech narsani hal qilmaydi.
Pentagonning oʻrta masofaga uchuvchi gipertovushli raketalari Yevropada joylashtirilmaganining yagona sababi – ular haliyam uchishli bilmasligidadir.
“Yaqin va oʻrta masofalarga uchuvchi raketalarni Yevropa va Osiyo-Tinch okeani hududida joylashtirish, hududiy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Shu sababli bizning bu kabi raketalarini joylashtirishni taʼqiqlash haqidagi taklifimiz haligacha oʻz kuchida qolmoqda”, - dedi yaqinda Rossiya Bosh shtabi boshligʻi Valeriy Gerasimov.
OOSH nomli poyezd joʻnab ketgan boʻlsada, Rossiya TIVi bugun AQSH va NATO bilan imzolanishi mumkin boʻlgan bir necha shartnomalar loyihalarini eʼlon qildi. Agar Moskvaning “deeskalatsiya qilish” va “yangi xavfsizlik muvozanati” oʻrnatish haqidagi takliflari “hamkorlar”ni qoniqtirmasa, unda dunyoni rus qurolining chiroyi asrab qoladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkning Telegram-kanaliga obuna boʻling.