Apelsinning zararli jihatlari haqida bilasizmi?

© Pixabay/moiranazzariApelsini
Apelsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Obuna bo‘lish
Nutritsiolog Polovinskaya: apelsinning baland kislotaliligi tish emaliga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Apelsin, shubhasiz, foydali meva, biroq ba’zida bu meva inson salomatligi uchun yomon ta’sir qilishi mumkin, deydi nutritsiolog Yuliya Polovinskaya RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Apelsin juda foydali, chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda makro va mikroelementlar mavjud. Bitta apelsinda S vitamining bir sutkalik meyoriy dozasi mavjud. Ushbu mevada organizm o‘sishini nazorat qiluvchi va antiokstidant ta’sirga ega flavonoidlar bor. Apelsin arterial bosimni pasaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklarini kelib chiqish xavfini kamaytiradi, isitmani tushiradi. Yaralar va jarohatlarni davolashda qo‘llaniladi, xolesterin miqdorini kamaytiradi hamda yoshlik va go‘zallikni uzoq vaqt saqlab qolishga yordam beradi”, - deydi Polovinskaya.
Biroq, mutaxassisning aytishicha, har qanday sitrus mevalar kabi, apelsin ham kuchgi allergen hisoblanadi. U ko‘p iste’mol qilinganda allergik ta’sir, hatto antifilaktik shok keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, oshqozon-ichak kasalliklarida apelsinni och qoringa iste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Apelsin baland kislotalilik xususiyatiga ega, bu esa tish emaliga yomon ta’sir qilishi mumkin. Tish emalining yemirilish xavfi ortadi. Shuning uchun, apelsin iste’mol qilgandan so‘ng, og‘izni chayish yoki apelsin sharbatini trubka orqali ichish kerak.
Yangiliklar lentasi
0