https://oz.sputniknews.uz/20211217/shavkat-mirziyoevni-koreyada-tantanali-kutib-olishdi---foto-21823693.html
Shavkat Mirziyoyev Seulda tantanali kutib olindi - foto
Shavkat Mirziyoyev Seulda tantanali kutib olindi - foto
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni Koreya Respublikasi poytaxtida tantanali kutib olindi.
2021-12-17T09:57+0500
2021-12-17T09:57+0500
2021-12-17T10:28+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
tashrif
koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/11/21823790_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_783eb3a4caf7c6d3edd3c21b911270c4.jpg
TOShKENT, 17 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni Koreya Respublikasi poytaxtida tantanali kutib olindi. Seul aeroportda O‘zbekiston prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi. Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Sammitning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamio‘, Shavkat Mirziyoyev Seulda oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.Kun tartibidan O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va ko‘p qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrif Shavkat Mirziyoyevning yangi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyin xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan uchinchi rasmiy tashrifidir. Birinchi tashrif 19-noyabr kuni Moskvaga, ikkinchi tashrif 5-6 dekabr kunlari Nur-Sultonga bo‘lib o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/11/21823790_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e24bde0953fbf7ad2a33f8e9f120b5a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev koreya respublikasi seul
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev koreya respublikasi seul
Shavkat Mirziyoyev Seulda tantanali kutib olindi - foto
09:57 17.12.2021 (yangilandi: 10:28 17.12.2021) O‘zbekiston va Koreya yetakchilari sammitining asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 17 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni Koreya Respublikasi poytaxtida tantanali kutib olindi.
Seul aeroportda O‘zbekiston prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi. Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sammitning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamio‘, Shavkat Mirziyoyev Seulda oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va ko‘p qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tashrif Shavkat Mirziyoyevning yangi prezidentlik muddatiga saylanganidan keyin xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan uchinchi rasmiy tashrifidir. Birinchi tashrif 19-noyabr kuni Moskvaga, ikkinchi tashrif 5-6 dekabr kunlari Nur-Sultonga bo‘lib o‘tgan edi.