Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” benzin narxini tushirdi

© UzneftegazUzneftegaz snizila tsenы
Uzneftegaz snizila tsenы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uzneftegaz zapravkalaria 17 dekabrdan boshlab “AI-80” markadagi benzini 6500 soʻm narxda sotuvga chiqarildi.
TOSHKENT, 17 dek - Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJ AYOQShlarida AI-80 navli benzin narxini 6500 soʻm miqdorida belgiladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli AYOQShlarda bugun, 17 dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 soʻmdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 soʻm narxda sotuvga chiqarildi. Respublika hududidagi “Oʻzbekneftgaz” AJning barcha AYOQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi taʼminlanadi.
Ushbu narxga erishish, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar natijasidir - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda soʻnggi oylarda benzin narxining keskin oshishi aholi noroziligiga sabab boʻlgan edi. Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi benzin narxi oshishi sabablarini aniqlab unga qarshi choralar koʻrishni boshlaganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0