Rossiya

FXX Moskvada ID* tarafdori-talabani qoʻlga oldi - video

© FSB RF / Mediabankka oʻtishSotrudnik FSB RF vo vremya spetsoperatsii
Sotrudnik FSB RF vo vremya spetsoperatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada ID* tarafdori qoʻlga olindi, u talabalarni “verbovka” qilishga harakat qilgan.
TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Moskvada tengdoshlari orasida jinoiy mafkurani targʻib qilgan Rossiya texnologik universiteti (Moskva radiotexnika, elektronika va avtomatlashtirish instituti - MIREA) talabasi qoʻlga olindi, deb xabar qildi FXX.
“Poytaxtdagi oliy oʻquv yurtlaridan birining talabalarini diniy ekstremistik va terroristik harakatlarga jalb qilishga uringan “Islom davlat”* xalqaro terroristik tashkiloti tarafdori faoliyatiga chek qoʻyildi”, — deyilgan xabarda.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, Markaziy Osiyo respublikalaridan birining fuqarosi boʻlgan yigit bir necha bor “ISHID”* jangarilarini oqlagan va Iroq va Suriyada xalifalik qurishga chaqirgan.
U universitet yotoqxonasida qoʻlga olindi.
Terrorchilik faoliyatiga ommaviy daʼvat yoki terrorizmni oqlash boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Oxirgi ikki yil davomida Rossiya xavfsizlik kuchlari 90tadan ortiq teraktni oldini oldi.
* Tashkilot terrorchi sifatida tan olingan va Rossiyada taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0