Besh jildlik turk dunyosi solnomasini nashrdan chiqadi

© Press-slujba Vsemirnogo obshestva po izucheniyu, soxraneniyu i populyarizatsii kulturnogo naslediya UzbekistanaKnigi-albomi, posvashennie kulturnomu naslediyu Uzbekistana
Knigi-albomi, posvashennie kulturnomu naslediyu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada 5 jildlik turk dunyosi solnomasi nashrdan chiqadi. Unda turk dunyosining o‘rta asrlardan SSSR davri va XXI asr boshigacha bo‘lgan davri qamrab olinadi.
Markaziy Osiyo xalqaro olimlar jamoasi “Katta Oltoy turkiy dunyo tarixiy solnomasi”ning birinchi jildini yakunlamoqda. U VI-XI asrlar oralig‘ida turkiy xalqlar hayotini tasvirlashga bag‘ishlangan. Jami beshta kitob yaratish rejalashtirilgan. Bu haqida Oltoy davlat universiteti (OltGU) "Katta Oltoy" Oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-ta’lim markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Mualliflar aytishiga ko‘ra, birinchi jild 2022-yilning boshida nashrdan chiqadi. Unda Katta Oltoyda dastlabki turklarning paydo bo‘lishi, Birinchi va Ikkinchi Turk xoqonligi tarixi va madaniyati kabi mavzular o‘rin olgan. Shuningdek, mutaxassislar g‘arbiy turklar madaniyati, qabrtoshlar va yozgorliklarni alohida o‘rganishgan. Kitobda shuningdek, Bulg‘or podsholigi, Hazar xoqonligi haqida bo‘limlar ham joy oladi.
“Tog‘li Oltoy ming yillar davomida har xil etnik guruhlar va madaniyatlar beshigi bo‘lgan. Tabiat va iqlim sharoitlari qanchalik qiyin bo‘lmasin, qadimda va o‘rta asrlarda bu yerlarda o‘ziga xos madaniyat yaratilgan”- deydi tarix fanlari doktori, Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi G‘aybullo Boboyorov.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Turk xoqonligi davrida Tog‘li Oltoy hududida shakllangan an’analar Mo‘g‘uliston, O‘rta Osiyo, Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xitoy va Sharqiy Yevropa kabi keng hududlarga tarqalgan. Bu ham solnoma yaratilishida o‘rin olgan.
"Oltoy xalqlari tarixini o‘rganishda uni Markaziy Osiyodan ajratib o‘rganish biroqlamalik bo‘lar edi. Chunki bu hududlar xuddi qadim va o‘rta asrlarda bo‘lgani kabi bugun ham mintaqa tarixini yaratadi. Shu sababli Oltoy xalqlari yagona solnomasini yaratish muhim ahamiyatga ega”, deya aniqlik kiritdi G‘aybulla Boboyorov.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, mintaqa tarixini o‘rganish har xil madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro totuvlik o‘rnatadi va birgalikda yorqin kelajakka hissa qo‘shadi.
“Bu kabi loyihalarning amalga oshirilishi va ommalashishi bugungi kunda mintaqada istiqomat qilayotgan turli tilli xalqlar o‘rtasida o‘zaro birdamlikka xizmat qiladi. Shuningdek, Oltoy xalqlari tarixi haqida nafaqat umumiy solnoma chiqarish, balki o‘lka tarixiga bag‘ishlangan badiiy, ilmiy, tarixiy va hujjatli filmlar yaratish lozim. Bu mintaqada ichki va tashqi turizm rivojlanishiga hissa qo‘shadi”, deydi mutaxassis
Turk dunyosi tarixiy solnomasi allachaqon turfa mamlakatlar olimlarini birlashtirgan. Kitob Markaziy Osiyo mutaxassislarining ko‘p yillik hamjihatdagi faoliyatining natijasi bo‘ladi.
"10 yildan ziyod vaqtdan buyon Tomsk, Novosibirsk, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va Xitoy olimlari bilan birgalikda turkiy xalqlar tarixi, shuningdek, slavan-turkiy madaniy-tarixiy aloqalarini o‘rganmoqdamiz. Maqsadimiz Markaziy Osiyo davlatlari turkiy, mo‘g‘ul va oltoy xalqlari tarixi va ularning slavan dunyosi bilan aloqalari bilan shug‘ullanadigan olimlarning integratsiyalashuvidir”, - deydi "Katta Oltoy" Oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy ta’lim markazi rahbari, professor Sergey Zemlyukov.
Oltoy davlat universiteti olimlarining so‘zlariga ko‘ra, har yili solnomaning bir jildi nashrdan chiqadi. Ikkinchi kitob XIII-XVI asrlardagi turk dunyosiga bag‘ishlangan bo‘lsa, uchinchi kitob XVI va XX asr boshida turk dunyosining Rossiya imperiyasi bilan o‘zaro aloqalari haqida hikoya qiladi. Yana bir jild “XX asrda SSSR va "Turk dunyosi" deya nomlangan bo‘lsa, so‘nggi beshinchi jild “XXI asr boshida Rossiya va Turk dunyosi” deb atalgan. Keyingi kitoblar bilan ishlashga O‘zbekiston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston olimlari qo‘shiladi.
Besh jildlik solnoma Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida Oltoy davlat universiteti tomonidan "Katta Oltoy turk-mo‘g‘ul dunyosi: o‘tmishdagi va hozirgi birdamlik va xilma-xillik" loyihasi doirasida nashr etiladi.
Yangiliklar lentasi
0