Hodisalar

Toshkent viloyatida 5 kishini pichoqlab oʻldirgan yigitga hukm eʼlon qilindi

© Depositphotos.com / CunaplusTyuremnaya kamera
Tyuremnaya kamera - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent viloyatida 5 kishini pichoqlab oʻldirgan yigit umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. 14 dekabr kuni Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining yopiq sud majlisi boʻlib oʻtdi.
Ayblanuvchi SH.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-,97-moddasi 2-qismi "l" bandi, 97-moddasi 2-qismi "a","v","g","j","l","r" bandlari, 25-,97-moddasi 2-qismi "a","g","r" bandlari, 119-moddasi 2-qismi "g" bandi, 130-moddasi 2-qismi "a" bandi, 140-moddasi 2-qismi va 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Sud hayʼati sudlanuvchi, jabrlanuvchilar, ularning qonuniy vakillari va guvohlarni koʻrsatmalarini eshitib, ishga qoʻshilgan hujjatlarni tekshirib, taraflar muzokarasi hamda sudlanuvchining oxirgi soʻzini tinglab, oʻz hukmini eʼlon qildi.
Unga koʻra, SH.I.ga Jinoyat kodeksining 25-,97-moddasi (qasddan odam oʻldirish), 119-moddasi 2-qismi "g" bandi (jinsiy ehtiyojni oʻldirish bilan qoʻrqitib, gʻayritabiiy usulda qondirish), 130-moddasi 2-qismi "a" bandi (pornografik mahsulotni tayyorlash, tarqatish, namoyish etish), 219-moddasi 1-qismi (fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish), 140-moddasi 2-qismi (internet tarmogʻida joylashtirish orqali haqorat qilish), 97-moddasi 2-qismi "a","v","g","j","r" bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni, aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni, oʻz xizmat yoki burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni, oʻta shafqatsizlik bilan, bezorilik oqibatida, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan qasddan oʻldirish) bilan Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0