https://oz.sputniknews.uz/20211216/rossiyaning-markaziy-osiyodagi-elchilari-toshkentda-uchrashishdi-21820489.html
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi elchilari Toshkentda uchrashishdi
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi elchilari Toshkentda uchrashishdi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YeOII, KXShT va ShHT doirasida hamkorlik qilish bo‘ldi.
2021-12-16T22:30+0500
2021-12-16T22:30+0500
2023-04-05T18:35+0500
siyosat
markaziy osiyo
rossiya tiv
elchilar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/10/21818490_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_a66fd78963237eea018d468cb1742432.jpg
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Toshkentda Rossiyaning Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchilarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko olib bordi. Unda Rossiya TIVining 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida Prezident Vladimir Putin tomonidan diplomatik xizmat oldiga qo‘yilgan vazifalarning amaliy ijrosi iuhokama qilindi. Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar mintaqadagi mavjud vaziyatni hamda qo‘shni va yirik mintaqaviy bo‘lmagan davlatlarning MOdagi vaziyatga ta’sirini tahlil qilishdi. Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YeOII, KXShT va ShHT doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda Rossiya va Markaziy Osiyo uchun muhim loyihalarni diplomatik qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, suhbat davomida Afg‘onistondagi vaziyat va uning ehtimoliy o‘zgarishi tufayli mintaqa mamlakatlari uchun yangi chaqiriq va tahdidlar paydo bo‘lishi ehtimoli ham muhokama qilindi. Rossiya diplomatlari kelgusida ham ana shunday ko‘rinishdagi uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotidan foydalanish rejalashtirilgan. Shu kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va ushbu mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlaridagi diplomatik vakillarini O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar va baho berdilar, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/10/21818490_124:0:1148:768_1920x0_80_0_0_d2ac956bbb3f58212e21f5ca5880a1c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo mdh yeoii kxsht shht rossiya diplomatlari
markaziy osiyo mdh yeoii kxsht shht rossiya diplomatlari
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi elchilari Toshkentda uchrashishdi
22:30 16.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YeOII, KXShT va ShHT doirasida hamkorlik qilish bo‘ldi.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Toshkentda Rossiyaning Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchilarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko olib bordi. Unda Rossiya TIVining 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida Prezident Vladimir Putin tomonidan diplomatik xizmat oldiga qo‘yilgan vazifalarning amaliy ijrosi iuhokama qilindi.
Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar mintaqadagi mavjud vaziyatni hamda qo‘shni va yirik mintaqaviy bo‘lmagan davlatlarning MOdagi vaziyatga ta’sirini tahlil qilishdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan imtiyozli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari qurish maqsadida, Rossiya Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalarini muhokama qilindi.
Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YeOII, KXShT va ShHT doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunda Rossiya va Markaziy Osiyo uchun muhim loyihalarni diplomatik qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, suhbat davomida Afg‘onistondagi vaziyat va uning ehtimoliy o‘zgarishi tufayli mintaqa mamlakatlari uchun yangi chaqiriq va tahdidlar paydo bo‘lishi ehtimoli ham muhokama qilindi.
Rossiya diplomatlari kelgusida ham ana shunday ko‘rinishdagi uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotidan foydalanish rejalashtirilgan.
Shu kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va ushbu mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlaridagi diplomatik vakillarini O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar va baho berdilar, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.