https://oz.sputniknews.uz/20211216/rossiya-ozbekistonga-biolaboratoriya-yaratishda-yordam-beradi-21815321.html
Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi
Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.
2021-12-16T14:10+0500
2021-12-16T14:10+0500
2023-04-05T18:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/19/17960419_0:0:3125:1757_1920x0_80_0_0_3e5edd9409a6678d31dfcd45b9493890.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonda uchinchi xavfsizlik sinfli (standart BSL-3) biolaboratoriyani yaratishda yordam beradi, deb xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.Bu tashabbus SES va Rospotrebnadzor vakillari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan koronavirus infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha IIxalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ko‘rib chiqildi.“Yo‘l xaritasi”ning bandlarini batafsil o‘rganish uchun rossiyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar 16-18 dekabr kunlari Toshkentda muzokaralar o‘tkazadi.Noyabr oyi oxirida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, ular COVID-19 genomini o‘rganish jarayonida olingan ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilishni rejalashtirilgan.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning noyabr oyida biotexnologiyani rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.Hujjatga ko‘ra, mamlakatda BSL-3 biolaboratoriyasini ochish ko‘zda tutilgan. Bu respublikada vaksinalar, jumladan, koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish maydonchasini yaratish loyihasining bir qismidir. Loyihaning umumiy qiymati 53 mln $. Laboratoriyani Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri hududida joylashtirish rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/19/17960419_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2d499589486a3e7101015c48c7ab88a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston biolaboratoriya
rossiya o‘zbekiston biolaboratoriya
Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi
14:10 16.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonda biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.
Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonda uchinchi xavfsizlik sinfli (standart BSL-3) biolaboratoriyani yaratishda yordam beradi, deb xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.
Bu tashabbus SES va Rospotrebnadzor vakillari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan koronavirus infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha IIxalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ko‘rib chiqildi.
“Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va BSL-3biologik laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” loyihasi ishlab chiqildi”, — deyilgan xabarda.
“Yo‘l xaritasi”ning bandlarini batafsil o‘rganish uchun rossiyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar 16-18 dekabr kunlari Toshkentda muzokaralar o‘tkazadi.
Noyabr oyi oxirida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, ular COVID-19 genomini o‘rganish jarayonida olingan ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilishni rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning noyabr oyida biotexnologiyani rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatda BSL-3 biolaboratoriyasini ochish ko‘zda tutilgan. Bu respublikada vaksinalar, jumladan, koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish maydonchasini yaratish loyihasining bir qismidir. Loyihaning umumiy qiymati 53 mln $. Laboratoriyani Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri hududida joylashtirish rejalashtirilgan.