"Omikron” biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin - JSST
© Pixabay / Alexandra KochShtamm omikron
© Pixabay / Alexandra Koch
Obuna bo‘lish
Jahon olimlari xulosasiga ko‘ra, "Omikron" shtammi hali to‘liq o‘rganilmagan va u koronavirusning boshqa shtammlaridan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. "Omikron” shtammi biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin, deb JSST bayonotidan iqtibos keltirmoqda O‘zbekiston SSV.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "omikron"ning insoniyat hali bilmaydigan xavfli xususiyatlari bo‘lishi mumkin.
Hozirgacha "Omikron" shtammi haqida aniqlangan faktlar quyidagilardir:
"Omikron"ning xavfli jihatlari hali yetarlicha o‘rganilmagani va baholanmaganin. Shu bois u biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lib chiqishi mumkin - JSST.
"Omikron" juda tez sur’atda tarqalmoqda. Bugungi kunda ushbu shtamm aniqlangan mamlaktlar soni 77taga yetgan. Kasallanishlar soni keskin ko‘payishi bilan shifoxonalarda o‘rin-joylar yetmay qolishi xavfi bor - JSST.
“Omikron”ni faqat koronavirusga qarshi vaksinalar bilangina to‘xtatib qololmaymiz. Boshqa ehtiyot choralarini ham kuchaytirishimiz shart. Jumladan, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, bino va xonalarni tez-tez shamollatib turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish zarur - JSST, T. Gebreyesus.
“Omikron” va “delta” shtammlari bir vaqtning o‘zida yuqib, inson tanasi hujayralariga kirgach, yangi, yanada xavfli virus turi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. "Omikron" koronavirusning yengilroq shtammi, deb o‘ylash xatodir - “Moderna” kompaniyasining bosh tibbiyot mutaxassisi Pol Burton.
“Omikron” hozir bizga ma’lum bo‘lganidan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin - Yoxannesburgdagi Vitvatersranda universiteti tadqiqotchisi Shabir Madhi.
“Delta” bilan kasallangan har bir bemor bu virusni o‘rtacha 0,8 kishiga yuqtirgan bo‘lsa, “Omikron”ga chalingan kishi 3-3,5 kishiga yuqtirishi mumkin - Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova.
“Omikron” bronxlarda “delta”ga qaraganda 70-marta tezroq ko‘payadi - xitoylik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijasida aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi o‘tkazgan laboratoriya sinovlariga ko‘ra, kompaniyaning rekombinant vaksinasi koronavirusning "omikron" shtammiga qarshi "yuqori samarador" deb topilgan.
Shuningdek , ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi o‘limdan - 100%, "delta-shtamm"dan - 80% darajasida samaradorlik namoyish qilgan.
"Omikron" shtammi
Ilk bor 11-noyabr kuni Botsvanada aniqlangan "omikron" shtmmi undan so‘ng JARda,keyin Gonkong va boshqa davlatlarga tez tarqalib ketgan edi. Bugungi kunda "omikron" shtammi dunyoning 63 mamlakatida aniqlangan.
Hozirga qadar o‘tkazilgan izlanishlar natijasida omikron shtammining o‘ta yuqumliligi, koronavirusning boshqa shtammlaridan ustun kelishi aniqlangan. Masalan JARda "omikron" paydo bo‘lganidan so‘ng bir oy ichida "delta" shtammni siqib chiqargan.
Rossiyalik virusologlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra "omikron" shtammi "tabiiy vaksina" bo‘lishi mumkin. Chunki koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlarda kasallikning og‘ir kechishi yoki o‘lim holatlari juda kam uchraydi. Lekin "omikron"ga chalinib keyin tuzalganlarda koronavirusning boshqa shtammlariga qarshi immunitet paydo bo‘ladi, deb xabar qilishgan edi.