https://oz.sputniknews.uz/20211216/is-gazidan-zaharlanish-va-yonginlarning--asosiy-sababi-malum-boldi-21812881.html
Is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning asosiy sababi ma’lum bo‘ldi
Is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning asosiy sababi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu yilning 15-dekabrga qadar O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan.
2021-12-16T13:14+0500
2021-12-16T13:14+0500
2021-12-16T13:14+0500
jamiyat
gaz
yong‘in
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/15/18440890_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c77fa99194aacf5b0940ae0666a6dd16.jpg
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda is gazidan zaharlanish, isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in va boshqa baxtsiz hodisalar kelib chiqishi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda. Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:Shuningdek, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ham ko‘plab baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda, - deyilgan xabarda. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Respublikada sodir bo‘layotgan jami yong‘inlarning 36,3% elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 27,1% ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 13,6% isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 9,9% bolalar sho‘xligi oqibatida va 3% gaz jihozlaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat yuz berganda, “104” raqami orqali gaz xizmatiga yoki “101” telefon raqami orqali yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar bering.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/15/18440890_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_30395a98832121ef88c1d11c22aafc76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston is gazidan zaharlanish havo-gaz aralashmasi chaqnashi vafot etgan jabrlangan
o‘zbekiston is gazidan zaharlanish havo-gaz aralashmasi chaqnashi vafot etgan jabrlangan
Is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning asosiy sababi ma’lum bo‘ldi
Ushbu yilda O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 125 kishi vafot etgan.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda is gazidan zaharlanish, isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in va boshqa baxtsiz hodisalar kelib chiqishi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda.
“Hududgazta’minot” AJ xabariga ko‘ra, 2021-yil 15-dekabrga qadarO‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan.
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ham ko‘plab baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda, - deyilgan xabarda.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Respublikada sodir bo‘layotgan jami yong‘inlarning 36,3% elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 27,1% ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 13,6% isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 9,9% bolalar sho‘xligi oqibatida va 3% gaz jihozlaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyat yuz berganda, “104” raqami orqali gaz xizmatiga yoki “101” telefon raqami orqali yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar bering.