Hodisalar

"Indenim" savdo markazi nima sababdan portlagani aniq boʻldi

© Daryo.uzVzrыv gaza v TTS "Indenim", g. Denau
Vzrыv gaza v TTS Indenim, g. Denau - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Savdo markazi portlashiga sabab, uning qurilish va shaharsozlik normalaniga amal qilmagan holda gaz quvurining ustiga qurilishi boʻlgan.
TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 7 dekabr kuni portlab ketgan "Indenim" savdo markazi, qurilish normalari buzilgan holda, gaz quvurining ustiga qurilgani sababli baxsiz hodisa yuz bergan. Bu haqida hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Denov tumani hokimligida boʻlib oʻtgan majlisda "Hududgaz Surxondaryo" gaz taʼminoti filiali direktori M.Mansurov ushbu holat boʻyicha izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2013-yilda qurilgan savdo majmuasi, Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan taʼminlaydigan yerosti oʻrta bosimli gaz quvuri ustida qurilgani. Vaholanki, amaldagi qurilish normalari va shaharsozlik qoidalariga muvofiq, har qanday bino va inshoot poydevori gaz quvuri orasida 4 metr masofaa boʻlishi kerak, deyilgan xabarda.
"Indenim" savdo majmuasi gaz quvurining aynan ustida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish imkoni ham boʻlmagan. Bino ostida hosil boʻlgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo boʻlishiga olib kelgan. Bu esa oʻz navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab boʻlgan, - deyiladi xabarda.
Shundan soʻng Surxonaryo hokimi tumanda aniqlangan yana 25ta ana shunday qoidabuzarliklar bilan qurilgan bino va inshootlarni gaz taʼminotidan uzish haqida topshiriq berdi. Viloyatdagi barcha ijtimoiy soha obʼyektlarini inventarizatsiya qilish, qoidabuzarliklar aniqlanganda ularni ham gaz tarmogʻidan uzish vazifasini qoʻydi.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Denovda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa haqida alohida toʻxtalib oʻtgandi. Prezident "yongʻin xavfsizligini taʼminlash, texnik standartlarga amalga qilish, pala-partish qurilishlarga yoʻl qoʻymaslik, yerosti tarmoqlar hisobini yuritish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatishi shart" - degan edi.
Yangiliklar lentasi
0