Ana bo‘lmasam: qanday mahsulotlar tromboz keltirib chiqaradi?

© Sputnik / Mediabankka o‘tishZelen
Zelen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlarni iste’mol qilganda trombozlar kelib chiqish xavfi 20-martaga ko‘payadi.
Vrach-immunolog Andrey Prodeus tromboz (tomirda qonning ivib qolishi) keltirib chiqishga sabab bo‘luvchi 3ta mahsulotni aytdi.
Unga ko‘ra, venalarning varikoz kengayishi, kam harakatlilik va yurak qon tomir kasalliklaridan aziyat chekayotgan keksalarda trombozlar kelib chiqish ehtimoli yuqori.
Bunday insonlarga qon ivishini yaxshilaydigan, K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlardan voz kechish tavsiya qilinadi.

“Uchta mahsulot - petrushka, ismaloq va rayhon. Bular orasida petrushka mutlaq chempion: 100 gramm petrushkada 20 sutkaga yetadigan vitamin K mavjud. Rayhon va ismaloqda esa 7-6 sutkaga yetadigan vitamin K bor” - deya shifokorning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.

Vrach Yelena Malisheva ham Prodeus fikriga qo‘shildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ateroskleroz, varikoz bilan og‘riganlar va antikoagulyantlar (trombozlarga qarshi dori vositalari) iste’mol qiladigan insonlar petrushka, rayhon va ismaloqdan butunlay voz kechishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0