https://oz.sputniknews.uz/20211215/yirik-shaharlarda--dyuti-fri-dokonlari-ochiladi---prezident-21799759.html
Yirik shaharlarda “Duti fri” do‘konlari ochiladi - prezident
Yirik shaharlarda “Duti fri” do‘konlari ochiladi - prezident
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda katta shaharlarda yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish, sayyohlar uchun suvenirlar savdosi, "duti fri" do‘konlari tashkil qilish taklif qilindi. 15.12.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-12-15T13:08+0500
2021-12-15T13:08+0500
2021-12-15T13:08+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
turizm
iqtisod
ichki turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21012081_0:0:3027:1703_1920x0_80_0_0_d2e716c2e8b27ce545e08355000f1e98.jpg
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda soliqdan ozod qilingan mahsulotlar sotish bilan shug‘ulanadigan do‘konlar ochiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan, xizmatlar sohasiga bag‘ishlangan majlisda aytib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Masalan, Sergeli tumanidagi yer usti metrosi atrofida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati bor. Yoki rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan “san’at ko‘chalari” tashkil etish mumkin.Umuman, Toshkent, Namangan va Samarqand shaharlarida xizmat ko‘rsatish sohasida 750 ming ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga 500 million dollar ajratilishi belgilandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21012081_148:0:2879:2048_1920x0_80_0_0_400256cd59b67a9351cca74bfc0219b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, turizm, iqtisod, ichki turizm
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, turizm, iqtisod, ichki turizm
Yirik shaharlarda “Duti fri” do‘konlari ochiladi - prezident
O‘zbekistonda katta shaharlarda yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish, sayyohlar uchun suvenirlar savdosi, "duti fri" do‘konlari tashkil qilish taklif qilindi.
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda soliqdan ozod qilingan mahsulotlar sotish bilan shug‘ulanadigan do‘konlar ochiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan, xizmatlar sohasiga bag‘ishlangan
majlisda aytib o‘tdi.
"Yana bir masala – Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda “Taks fri” tizimini joriy etish, shahar ichida “Duti fri” do‘konlarini ochish orqali chakana savdo hajmini yanada oshirish mumkin. Shu bois xorijiy mehmonlarga xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tizimini barcha turistik shaharlarda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Masalan, Sergeli tumanidagi yer usti metrosi atrofida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati bor. Yoki rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan “san’at ko‘chalari” tashkil etish mumkin.
Umuman, Toshkent, Namangan va Samarqand shaharlarida xizmat ko‘rsatish sohasida 750 ming ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga 500 million dollar ajratilishi belgilandi.