Yaqin kunlarda Umra safariga borish imkoniyati tiklanadi

© REUTERS / Saudi Ministry of MediaPalomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke
Palomniki na rasstoyanii vo vremya Xadja v Mekke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2021
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqt ichida umra safari uchun po‘l to‘lab navbatda turganlar uchun ziyoratni amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi - O‘MI.
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Yaqin kunlarda o‘zbekistonliklar uchun Umra safariga borish imkoniyati tiklanadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.
Bu haqida O‘MI va Din ishlari qo‘mitasi rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga 1-9 dekabr kunilari bo‘lib o‘tgan safaridan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
"Inshaalloh, yaqin fursatlarda, COVID pandemiyasi boshlanishidan avval Umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun tabarruk ziyoratni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi", - deyilgan xabarda.
Ziyorat karantin tartiblariga muvofiq, mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish va boshqa karantin tartib-qoidalarga qilgan holda amalga oshiriladi.
"Shu sababli umra safari uchun to‘lov miqdori unchalik katta bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘larni talab etishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Umra ziyoratlari muddatlari, qo‘shimcha to‘lov miqdori, vaksinatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar tez orada ma’lum qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0