Jamiyat

Oʻzbekiston radiatsion xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar tayyorlamoqda

© UzatomKak proxodyat zanyatiya v filiale NIYAU MIFI posle karantina
Kak proxodyat zanyatiya v filiale NIYAU MIFI posle karantina  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Radiatsion xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar tayyorlash masalasida Oʻzbekiston Rossiya va MAGATE bilan hamkorlik qilmoqda.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Oʻzbekiston radiatsion xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar tayyorlash boʻyicha MAGATE va Rossiya bilan izchil hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Bu haqida 14 dekabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Ibrohim Toshkentbayev xabar qildi.
"Bu borada (radiatsion xavfsizlik - tahr.) taʼminlash boʻyicha oldimizda turgan vazifalardan eng muhimlaridan biri, bu - kadrlar masalasidir, - deydi Toshkentbayev. Ayni vaqtda 3 nafar oʻzbekistonlik talaba Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi koʻmagida Moskva shahridagi Milliy MMFI - Milliy tadqiqot yadro universitetida oʻqimoqda. Keyinchalik ular oʻz faoliyatini departamentda amalga oshirishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari MAGATE iblan hamkorlikda qator ilmiy-maʼrifiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Koronavirus tufayli ushbu tadbirlarning aksariyati onlayn tashkil etilmoqda. Ularda Oʻzbekistonda 200 nafar mutaxassis onlayn ravishda va 85 nafari bevosita chet davlatlarga borib ishtirok etishdi.
Toshkentbayev aytishiga koʻra, bu borada Rossiya bilan ayniqsa yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xususan "Rostexnadzor" bilan hamkorlikda 2022-2023 yillarda 8 nafar oʻzbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning Yadro xavfsizligi boʻyicha ilmiy-texnik markazida, 3 nafari Novo-Voronej AESida va yana 2 nafarini Belarus AESida xavfsizlikni nazorat qilish boʻyicha tajriba orttirish, oʻrganish uchun yuborish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu majlisda shuningdek Oʻzbekistonda 4 mln. tonna radioaktiv chiqindilar borligi maʼlum qilingan edi. Ushbu chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida toʻplanib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud. Masalan, Qozogʻistonda — 240 mln. tonna, Qirgʻizistonda - 132mln. tonna, Tojikistonda - 42 mln.tonna, - deb xabar qilingan edi brifiongda. Ayni damda ushbu chiqindilar joylashgan hududlarni ekologik sogʻlomlashtirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.
Magistr vtorogo kursa MIFI Kurbaniyaz Kanyazov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2020
Jamiyat
Bu Oʻzbekistonni oʻzgartiradigan imkoniyatim: MIFI talabasi orzui va Rossiyadagi taʼlim haqida
Yangiliklar lentasi
0