Rossiya talabalar poytaxti o‘zbekistonlik abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi

© Press-slujba TUSURLeksiya v TUSURe
Leksiya v TUSURe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Obuna bo‘lish
Sun’iy intellektni o‘rganish, inson salomatligini uchun biotexnologiyalar ishlab chiqish yoki tajribali mutaxassislar rahbarligida IT-startap ochish - bularning barchasini talabalik davrining o‘zidayoq amalga oshirish mumkin.
Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti (TUSUR) O‘zbekiston abituriyentlarini yangi o‘quv yilida bakalavriat, mutaxassislik va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga taklif etadi. Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 1-iyundan boshlanadi, deya xabar berdi universitet matbuot xizmati.
© Press-slujba TUSURGlavniy uchebniy korpus TUSURa
Glavniy uchebniy korpus TUSURa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Glavniy uchebniy korpus TUSURa

Ichkaridan nigoh/ Talabalar nima deydi?/Yangi hayot

Bugungi kunda TUSURda dunyoning 36 davlatidan 14 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda, ulardan 746 nafari O‘zbekistondan. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar "Iqtisodiyot", "Menejment", "Informatika va kompyuter injiniringi", "Huquq", "Elektronika va nanoelektronika", "Texnik tizimlarda menejment", "Dasturiy ta’minot injiniringi" yo‘nalishlarini tanlaydilar."Amaliy informatika", "Biznes informatika".
“TUSURga o‘z-o‘zidan o‘qishga kirdim desam bo‘ladi: do‘stimni qo‘llab-quvvatlash uchun imtihon topshirishga birga borgandim. Natijada, do‘stim talaba bo‘ldi, lekin menga ballar yetmadi. Taslim bo‘lmaslikka qaror qildim va rus tili, matematika, fizika va informatika fanlaridan kirish imtihonlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Keyin esa men o‘zimni Rossiyaning talabalarga boy shahri - Tomskda topdim. Hozir bakalavriat bosqichining “Fotonika va optoinformatika yo‘nalishi bo‘yicha 1-kursda tahsil olyapman, – deydi TUSUR talabasi Bek Mirzarahimov (Angren sh.)
© Press-slujba TUSURBek Mirzaraximov
Bek Mirzaraximov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Bek Mirzaraximov
Birinchi kurs talabasining fikricha, universitetda o‘qish oson emas, ammo qiziqarli. Mirzarahimov 3D figuralarni (muhandislik grafikasi) loyihalashni yaxshi ko‘radi.
"TUSUR talabalar uchun ko‘plab imkoniyat eshiklarini ochadi. Masalan, men universitet matbuot xizmatida ham ishlayman – video montaj qilish bilan shug‘ullanaman. Kelajakda animatsiyalar yaratmoqchiman va moushn-dizaynni o‘rganmoqchiman", deydi u.
Universitetda 20 dan ortiq madaniy-ijodiy to‘garaklar, 25 ta talabalar o‘zini o‘zi boshqarish birlashmalari, 29 ta sport to‘garaklari, volonterlar va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bor.

Kremniy vodiysi va ruscha Space-X/ Talabalar tadbirkorligining tortishish nuqtasi

TUSUR elektron, raketa-kosmik va IT sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiya ta’limida yetakchi. Universitet bakalavriat va mutaxassislar tayyorlashning 31 ta yo‘nalishi, shuningdek, 20 ta magistratura dasturilarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, universitet talabalarning texnologiya tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga faol hissa qo‘shib kelmoqda.
2004 yilda universitet negizida Rossiyada ilk universitetlararo “Do‘stlik” talabalar biznes inkubatori (TBI) ochildi. U axborot texnologiyalari va elektronika sohasida ilmiy yuqori texnologiyali biznesni yaratishni ta’minlaydi. 18-yil davomida universitet inkubatori devoridan yillik umumiy aylanmasi 70 milliard rubldan ortiq bo‘lgan 210 dan ortiq muvaffaqiyatli kichik innovatsion korxonalar paydo bo‘ldi", deya ta’kidladi universitet matbuot xizmati.
© Press-slujba TUSURNauchno-issledovatelskaya deyatelnost v TUSURe
Nauchno-issledovatelskaya deyatelnost v TUSURe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Nauchno-issledovatelskaya deyatelnost v TUSURe
Shuningdek, universitetda talabalar va bitiruvchilarga yordam beradigan Bandlikka ko‘maklashish markazi tashkil etilgan. Masalan, universitetda talabalar potensial ish beruvchilar bilan uchrashadigan "Karyera kunlari" tashkil etiladi. Mashhur ish qidirish xizmati Superjob ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda TUSUR ish haqi bo‘yicha texnik universitetlar reytingida 15-o‘rinni egalladi (https://students.superjob.ru/reiting-vuzov/it/). IT sohasida ishlaydigan universitet bitiruvchisining o‘rtacha ish haqi 105 ming rublni tashkil qiladi.
Universitet strategik hamkorlari orasida "AVTOVAZ" AJ, "Ijev Radiozavod"i, "Rele texnologiyasi bo‘yicha maxsus konstruktorlik va texnologik burosi" AJ, "EleSi" OAJ, "Surgutneftegaz" OAJ, "Tomskneftexim" MChJ, Roskomnadzor,(Tomsk viloyati) "Moliyaviy texnologiyalar markazi" OAJ, “Yangi qidiruv texnologiyalari” MChJ, “VTB Banki” XAJ va h.k. bor.
© Press-slujba TUSURTUSUR s visoti ptichyego poleta
TUSUR s visoti ptichyego poleta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
TUSUR s visoti ptichyego poleta
Bundan tashqari, universitet Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi kompyuter texnologiyalari akademik litseyi hamda Toshkent axborot texnologiyalari univestiteti bilan hamkorlik qiladi.

Qabul qoidalari

OTM ga hujjatlarni bir necha usulda: universitetning rasmiy veb-sayti abiturient.tusur.ru da onlayn tarzda, pochta orqali hamda Tomskdagi universitetning qabul komissiyasida shaxsan (yoki vakil orqali) topshirish mumkin. Chet ellik abituriyentlar uchun kirish test sinovlari katta ehtimol bilan masofadan o‘tkaziladi, deydi chet ellik talabalar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi ekspert, akademik mobillik dasturlari koordinatori Mariya Afanasyeva.
“O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli test sinovlari onlayn tarzda o‘tkazilgan edi. Katta ehtimol bilan, 2022-yilda ham masofaviy tarzda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, ko‘plab MDH mamlakatlarida tashrif komissiyalari faoliyat yuritadi, shu sababli imtihonlarni o‘z shahringizda ham topshirishingiz mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda va universitet veb-saytida e’lon qilamiz", - deya izoh berdi u.
Budjet o‘rinlari uchun tanlovda O‘zbekiston fuqarolari vatandoshlik maqomini tasdiqlagan holda ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, xorijlik abituriyentlar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishni tanlab, to‘lov asosida o‘qishga kirishlari mumkin.
© Press-slujba TUSURZimniy studencheskiy dosug
Zimniy studencheskiy dosug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Zimniy studencheskiy dosug

Chegaradan o‘tish

Hozirda COVID-19 sababli chet ellik abituriyentlar uchun Rossiyaga kirish uchun maxsus qoidalar mavjud.
“Birinchi bosqich- o‘qishga qabul qilingandan kamida 10 kun oldin elektron pochta orqali universitet bilan bog‘lanish va mamlakatga kirish bo‘yicha ko‘rsatmalar olish zarur. Ikkinchi bosqich –mamlakatga kirishdan kamida uch kun oldin PSR testi orqali koronavirus infeksiyasini tekshiruvidan o‘tish kerak, - deya qo‘shimcha qildi Afanasyeva.
Chegaradan o‘tish va yotoqxonaga kirishda, ekspert ta’kidlaganidek, abituriyentlar rus va ingliz tillarida PSR testining salbiy natijasi ko‘rsatilgan tibbiy ma’lumotnoma, shuningdek, mamlakatga kirish maqsadini tasdiqlash uchun universitetga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaniko‘rsatishlari lozim. Rossiyaga kirish qoidalari bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalar bilan universitet veb-saytida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0