Qirg‘izistondan qochgan Asqar Akayev yana vatanga qaytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMoskovskiy ekonomicheskiy forum
Moskovskiy ekonomicheskiy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston birinchi prezidenti Asqar Akayev yana mamlakatga keldi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qirg‘iziston birinchi prezidenti Asqar Akayev yana mamlakatga keldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar qildi.
Sobiq prezidentning nima sababdan kelganiga aniqlik kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgust oyida Asqar Akayev tergov harakatlarini o‘tkazish va huquq-tartibot idoralarining masalalariga oydinlik kiritish uchun Bishkekka uchib ketgandi.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Akayev “Qumtor” ishi bo‘yicha “tergov bilan faol hamkorlik qildi”. Avvalroq Akayev 1992-yilda “Qumtor” loyihasi bo‘yicha bosh kelishuvni tuzish, 1994-yilda unga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, 2003-yilda “Kameko” kompaniyasi bilan bosh kelishuvni qayta tuzish chog‘ida korrupsiyada gumon qilingani haqida ogohlantirilgandi.
U Qirg‘izistonda bir necha kun qolib, parvoz oldidan videomurojaat e’lon qildi, unda nima sababdan mamlakatga qaytganini tushuntirib, “Qumtor” loyihasi bo‘yicha kelishuvlar respublika uchun foydali emasligini tan oldi. Shuningdek, u hujjatlarni nima uchun imzolangani haqida gapirib berdi.
Yangiliklar lentasi
0