https://oz.sputniknews.uz/20211214/ozbek-xitoy-vaktsinasi-omikrondan-himoya-qiladimi-21783276.html
O‘zbek-xitoy vaksinasi "omikron"dan himoya qiladimi?
O‘zbek-xitoy vaksinasi "omikron"dan himoya qiladimi?
Sputnik O‘zbekiston
ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi o‘limdan - 100%, "delta-shtamm"dan - 80% darajasida samaradorlik namoyish qilgan.
2021-12-14T12:52+0500
2021-12-14T12:52+0500
2021-12-14T13:02+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vaziri
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
omikron shtammi
zf-uz-vac 2001
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0e/21780615_0:0:3049:1716_1920x0_80_0_0_6ca0ff7cbe5e749445feb201905da6c5.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Koronavirusning yangi "omikron" shtammi dunyoda shaxdam qadamlar bilan tarqalib kelayotgan bir vaqtda Xitoy kompaniyasi o‘z vaksinasining yangi "omikron" shtammiga qarshi samaradorligini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan. Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi o‘tkazgan laboratoriya sinovlariga ko‘ra, kompaniyaning rekombinant vaksinasi koronavirusning "omikron" shtammiga qarshi "yuqori samarador" deb topilgan.Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi Uzbekistonni vaksina ishlab chiqarishda qo‘shgan hissasi uchun - hammuallif deb tan olgan va O‘zbekistonga ushbu vaksinani maxsus shartlar asosida yetkazib berishga rozi bo‘lgan. Bugungi kunda ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi O‘zbekiston hududida eng ko‘p qo‘llanilayotgan vaksina hisoblanadi. Ushbu vaksinadan O‘zbekistonga salkam 38 mln doza olib kelingan. O‘zbekistonlik shifokorlar kuzatuviga ko‘ra ZF-UZ-VAC 2001 - inson organizmiga juda yumshoq ta’sir qiladi va shu vaqtga qadar deyarli birorta ham salbiy reaksiya berish holatlari kuzatilmagan. Shu bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi yuqori samaradorlik namoyish qilgan. "Omikron" shtammi Ilk bor 11-noyabr kuni Botsvanada aniqlangan "omikron" shtmmi undan so‘ng JARda,keyin Gonkong va boshqa davlatlarga tez tarqalib ketgan edi. Bugungi kunda "omikron" shtammi dunyoning 63 mamlakatida aniqlangan. Hozirshga qadar o‘tkazilgan izlanishlar natijasida omikron shtammining o‘ta yuqumliligi, koronavirusning boshqa shtammlaridan ustun kelishi aniqlangan. Masalan JARda "omikron" paydo bo‘lganidan so‘ng bir oy ichida "delta" shtammni siqib chiqargan. Rossiyalik virusologlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra "omikron" shtammi "tabiiy vaksina" bo‘lishi mumkin. Chunki koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlarda kasallikning og‘ir kechishi yoki o‘lim holatlari juda kam uchraydi. Lekin "omikron"ga chalinib keyin tuzalganlarda koronavirusning boshqa shtammlariga qarshi immunitet paydo bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0e/21780615_204:0:2935:2048_1920x0_80_0_0_e69b49e17583d5b4b19667accc5cb606.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zf-uz-vac 2001 delta-shtamm 80% samaradorlik omikron 100%
zf-uz-vac 2001 delta-shtamm 80% samaradorlik omikron 100%
O‘zbek-xitoy vaksinasi "omikron"dan himoya qiladimi?
12:52 14.12.2021 (yangilandi: 13:02 14.12.2021) Olimlar aytishiga ko‘ra, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi o‘limdan - 100%, "delta-shtamm"dan - 80% darajasida samaradorlik namoyish qilgan.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Koronavirusning yangi "omikron" shtammi dunyoda shaxdam qadamlar bilan tarqalib kelayotgan bir vaqtda Xitoy kompaniyasi o‘z vaksinasining yangi "omikron" shtammiga qarshi samaradorligini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi o‘tkazgan laboratoriya sinovlariga ko‘ra, kompaniyaning rekombinant vaksinasi koronavirusning "omikron" shtammiga qarshi "yuqori samarador" deb topilgan.
"Xalqaro ko‘pmarkazli izlanishlarning uchinchi bosqichi bizning rekombinant vaksinamizning koronavirus infeksiyasiga qarshi 81,43 % samaradorlik darajasini namoyish qildi. Shuningdek, vaksina (ZF-UZ-VAC 2001) o‘limdan - 100%, "delta-shtamm"dan - 80% darajasida samaradorlik namoyish qildi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi Uzbekistonni vaksina ishlab chiqarishda qo‘shgan hissasi uchun - hammuallif deb tan olgan va O‘zbekistonga ushbu vaksinani maxsus shartlar asosida yetkazib berishga rozi bo‘lgan.
Bugungi kunda ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi O‘zbekiston hududida eng ko‘p qo‘llanilayotgan vaksina hisoblanadi. Ushbu vaksinadan O‘zbekistonga salkam 38 mln doza olib kelingan.
O‘zbekistonlik shifokorlar kuzatuviga ko‘ra ZF-UZ-VAC 2001 - inson organizmiga juda yumshoq ta’sir qiladi va shu vaqtga qadar deyarli birorta ham salbiy reaksiya berish holatlari kuzatilmagan. Shu bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi yuqori samaradorlik namoyish qilgan.
Ilk bor 11-noyabr kuni Botsvanada aniqlangan "omikron" shtmmi undan so‘ng JARda,keyin Gonkong va boshqa davlatlarga tez tarqalib ketgan edi. Bugungi kunda "omikron" shtammi dunyoning 63 mamlakatida aniqlangan.
Hozirshga qadar o‘tkazilgan izlanishlar natijasida omikron shtammining o‘ta yuqumliligi, koronavirusning boshqa shtammlaridan ustun kelishi aniqlangan. Masalan JARda "omikron" paydo bo‘lganidan so‘ng bir oy ichida "delta" shtammni siqib chiqargan.
Rossiyalik virusologlarning dastlabki xulosasiga ko‘ra "omikron" shtammi "tabiiy vaksina" bo‘lishi mumkin. Chunki koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlarda kasallikning og‘ir kechishi yoki o‘lim holatlari juda kam uchraydi. Lekin "omikron"ga chalinib keyin tuzalganlarda koronavirusning boshqa shtammlariga qarshi immunitet paydo bo‘ladi.