Migrantlarning daromadlari: deputatlar yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi

© AFP 2023 / MARVIN RECINOSDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Obuna bo‘lish
Deputatlar “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasining maqsadi quyidagilardan iborat:
- tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni qonun darajasida mustahkamlash;
- xalqaro hujjatlardagi qoidalarning xususan, majburiy mehnatga, migrantlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazuvchi sharoitlarda ishlash uchun jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik kabi qoidalarni milliy qonunga implementatsiya qilish;
- tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatlarini belgilash;
- fuqarolarning mamlakat tashqarisidagi faoliyatini tashkil etish, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish hamda chet ellik fuqarolarni O‘zbekistonda mehnat qilish uchun jalb etishning huquqiy mexanizmlarini belgilash.
Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0