https://oz.sputniknews.uz/20211214/jihod-davom-etmoqda-id-ozbekistonga-tahdid-solmoqda-21792526.html
“Jihod” davom etmoqda: ID* O‘zbekistonga tahdid solmoqda
“Jihod” davom etmoqda: ID* O‘zbekistonga tahdid solmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Afg‘onistonning aksariyataholisi bilan qurolli kurashni davom ettirmoqda, ayniqsa o‘zbek va tojiklarga qarshi qattiq kurashmoqda. Bir vaqtning o‘zida “amirlikda” ID*ning terrorchilik faoliyati ham o‘sib bormoqda va qo‘shni O‘zbekistonga ham ta’sir o‘tkazmoqda.
2021-12-14T22:21+0500
2021-12-14T22:21+0500
2021-12-14T22:21+0500
kolumnistlar
tolibon
terrorchilar
"islom davlati"
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0a/20850105_0:114:2200:1352_1920x0_80_0_0_60103d8d6101b5566256fd453b0af0c4.jpg
TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Afg‘onistonda paydo bo‘lgan yangi kuch majburlashning repressiv usullariga tayanmoqda. Tolibonni* noyabr oxirida Jauzjan viloyati Darzab hududida 1000ga yaqin o‘zbek va turkmanlarni o‘z uylaridan quvib chiqarishda ayblashmoqda. Shuningdek pushtunlar o‘zbek va turkmanlar asrlar davomida egalik qilgan 8000 gektar yerini tortib olishda ayblashmoqda.Tolibon* Afg‘onistonning besh viloyatida yuzdan ortiq hazora millatiga mansub shiya musulmon oilalarini o‘z uylaridan quvib chiqarganidan so‘ng o‘zbeklarni ham ta’qib qila boshladi. Mol-mulkni qayta taqsimlash bo‘yicha ushbu “revolyutsion” harakat sentabr oyining boshida boshlangan edi. Uning maqsadi – Tolibon* harakati tarafdorlari, ya’ni pushtunlarni rag‘batlantirish va unga qarshi bo‘lganlarni (asosan o‘zbek, tojik va hazoralarni) jazolashdir. Mahalliy hokimiyatlar faqat bir etnik guruh manfaatlarini himoya qilgan holda, aholi arz-dodlariga quloq solmayapti.Afg‘onistond etnik o‘zbeklarning Tolibon* tomonidan siquvga olinishi – O‘zbekistonda ID*ning mafkuraviy va tuzilmaviy kengayishi uchun asos yaratmoqda. Ushbu islomiy harakat o‘zining kengayishi uchun O‘zbekiston hududini ehtimoliy maydon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Toshkentning KXShTga qaytmayotgani va kollektiv xavfsizlik vositalaridan foydalanmayotgani ularga qo‘l kelmoqda. O‘zbekiston esa – tashqi tahdidlarga qarshi diplomatik uslubda kurashishga qaror qilgan va hech kim tan olmagan “Afg‘oniston islom amirligi” bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.Tolibon*ga mafkuraviy yaqin bo‘lgan “Al-Qoida”ning tobora kuchayib borayotgani operativ vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Afg‘oniston shimolida ushbu guruhning 2000 yaqin jangarilari to‘planib qolgan. 2020-yilning 29-fevralida imzolangan Doxa shartnomasiga ko‘ra, Tolibon* “Al-Qoida”* bilan barcha kelishuvlarni bekor qilishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi va kelajakda ham bunday bo‘lishi amri mahol.Qobuldagi portlashlar va Panjsherda to‘p otishAfg‘oniston (pushtunlarning) diniy-millatchi davlatiga aylanib bormoqda. U yerda hukumat mamlakatdagi 80ta millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishga qodir emas. Ushbu jiddiy ziddiyat Afg‘onistonni ko‘p yillik notinchlikka va xalqaro terrorchilar soni oshishiga yetaklaydi. Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari bundan hech qanday yaxshilik kutishi kerak emas.Afg‘oniston poytaxtida ID terrorchilari 10-dekabr kuni uchta terrorchilik akti uyushtirishdi, bir necha kishi qurbon bo‘ldi. Qobul va boshqa viloyatlarda qo‘lbola bombalarning doimiy ravishda portlatilib kelayotgani yangi hukumatning samarasizligidan dalolat beradi.Markazdan uzoq hududlarda ID* tolibonga hujumlar uyushtirib hatto ularning harbiy qo‘mondonlarini ham o‘ldirmoqda. Masalan 8-dekabr kuni Afg‘onistonning shimoli-sharqiy Badaxshon viloyatida ana shunday voqea sodir bo‘ldi. Toliblar avgustda qamoqxonadan barcha mahbuslarni ozod qilganda, ehtimol ID* ga o‘z qo‘llari bilan ko‘mak berishgan.Militant Wirexalqaro nashri yozishiga ko‘ra, ID*ning mahalliy bo‘linmasi (Vilayat Xorasan) O‘zbekistonda yashirin bo‘linmalar tuzgan va “Toshkentni nishonga olgan”. Ularning asosiy mafkurasi: toliblar, ID*ni birinchi kundan qo‘llab-quvvatlagan, Suriya, Iroq va boshqa qaynoq nuqtalarda “jihod”larda ishtirok etgan etnik o‘zbeklarga qarshi. Tolibon axborot urushida yutqazmoqda va ID* propagandistlari minglab oddiy afg‘onlarni Tolibon* hukumati – “Amerikaning qo‘g‘irchog‘i” deya ishontira olgan.Ushbu vaziyatda toliblarning birinchi navbatda iqtisod emas havo-harbiy kuchlarini tiklashi va Avgust oyida olib qochilgan texnikani Afg‘onistonga qaytarish istagi xavotir uyg‘otadi.Dekabr oyining boshida Tolibon* muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekistondan afg‘on uquvchilar tomonidan olib qochib ketilgan samolyot va vertolotlarni qaytarishni talab qilishdi. Pentagon va NATOning Afg‘onistonda uzoq vaqt davomida olib borgan faoliyati partizanlarga qarshi janglarda harbiy aviatsiyaning foydasiz ekanini namoyish qildi. Tolibon HHKning asl maqsadi nima ekani – hozircha noma’lum.Afg‘onistonda ID* xavfi oshib borishi bilan bir vaqtda, Tolibon kichik-Ma’sud va sobiq vitse-prezident Amrulla Solih boshchiligidagi shimoliy Alyans qarshiligini inkor eta olishmaydi. Qo‘zg‘olonchilar Panjsher darasining katta qismini nazorat ostida ushlab turishibdi. U yerda hozirgacha to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi. Ehtimol jangovar aviatsiya toliblarga aynan o‘sha yerda kerak.Toshkentda 13-dekabr kuni O‘zbekiston va AQSh ishtirokida strategik hamklik Suhbati bo‘lib o‘tdi. Kelajakda “Qobul – Toshkent – Vashington” uchburchagida munosabatlar qanday tus olishi mumkinligi hozircha tushunish qiyin. Lekin, O‘zbekiston oldida murakkab harbiy diplomatik manyovrlar turgani aniq.Nima bo‘lganda ham, birinchi navbatda hududiy xavfsizlik va hududda real kuch bo‘lgan KXShT bilan integratsiyani mustahkamlash kerak. Amerikalik “hamkorlar” esa o‘tgan 20-yilda Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyish qilishdi.*Rossiya va dunyoda ta’qiqlangan terrorchi guruh
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0a/20850105_124:0:2077:1465_1920x0_80_0_0_bdf27621a31900f4eced920e70691b0e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
tolibon afg‘oniston o‘zbek tojik “amirlik” id* terrorchi o‘zbekiston tahdid
tolibon afg‘oniston o‘zbek tojik “amirlik” id* terrorchi o‘zbekiston tahdid
“Jihod” davom etmoqda: ID* O‘zbekistonga tahdid solmoqda
Tolibon* Afg‘onistonning aksariyataholisi bilan qurolli kurashni davom ettirmoqda, ayniqsa o‘zbek va tojiklarga qarshi qattiq kurashmoqda. Bir vaqtning o‘zida “amirlikda” ID*ning terrorchilik faoliyati ham o‘sib bormoqda va qo‘shni O‘zbekistonga ham ta’sir o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Afg‘onistonda paydo bo‘lgan yangi kuch majburlashning repressiv usullariga tayanmoqda. Tolibonni* noyabr oxirida Jauzjan viloyati Darzab hududida 1000ga yaqin o‘zbek va turkmanlarni o‘z uylaridan quvib chiqarishda ayblashmoqda. Shuningdek pushtunlar o‘zbek va turkmanlar asrlar davomida egalik qilgan 8000 gektar yerini tortib olishda ayblashmoqda.
Tolibon* Afg‘onistonning besh viloyatida yuzdan ortiq hazora millatiga mansub shiya musulmon oilalarini o‘z uylaridan quvib chiqarganidan so‘ng o‘zbeklarni ham ta’qib qila boshladi. Mol-mulkni qayta taqsimlash bo‘yicha ushbu “revolyutsion” harakat sentabr oyining boshida boshlangan edi. Uning maqsadi – Tolibon* harakati tarafdorlari, ya’ni pushtunlarni rag‘batlantirish va unga qarshi bo‘lganlarni (asosan o‘zbek, tojik va hazoralarni) jazolashdir. Mahalliy hokimiyatlar faqat bir etnik guruh manfaatlarini himoya qilgan holda, aholi arz-dodlariga quloq solmayapti.
Bu bilan toliblar hukumatdan norozi bo‘lgan afg‘onlar sonini oshirmoqda va Tolibon*ga qarshilar tobora ko‘proq, o‘zining teng huquqli xalqrao tashkilot ekanini alohida ta’kidlayotgan, “Islomiy davlat”* safiga qo‘shilmoqda.
Afg‘onistond etnik o‘zbeklarning Tolibon* tomonidan siquvga olinishi – O‘zbekistonda ID*ning mafkuraviy va tuzilmaviy kengayishi uchun asos yaratmoqda. Ushbu islomiy harakat o‘zining kengayishi uchun O‘zbekiston hududini ehtimoliy maydon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Toshkentning KXShTga qaytmayotgani va kollektiv xavfsizlik vositalaridan foydalanmayotgani ularga qo‘l kelmoqda. O‘zbekiston esa – tashqi tahdidlarga qarshi diplomatik uslubda kurashishga qaror qilgan va hech kim tan olmagan “Afg‘oniston islom amirligi” bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Tolibon*ga mafkuraviy yaqin bo‘lgan “Al-Qoida”ning tobora kuchayib borayotgani operativ vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Afg‘oniston shimolida ushbu guruhning 2000 yaqin jangarilari to‘planib qolgan. 2020-yilning 29-fevralida imzolangan Doxa shartnomasiga ko‘ra, Tolibon* “Al-Qoida”* bilan barcha kelishuvlarni bekor qilishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi va kelajakda ham bunday bo‘lishi amri mahol.
Qobuldagi portlashlar va Panjsherda to‘p otish
Afg‘oniston (pushtunlarning) diniy-millatchi davlatiga aylanib bormoqda. U yerda hukumat mamlakatdagi 80ta millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishga qodir emas. Ushbu jiddiy ziddiyat Afg‘onistonni ko‘p yillik notinchlikka va xalqaro terrorchilar soni oshishiga yetaklaydi. Qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari bundan hech qanday yaxshilik kutishi kerak emas.
Afg‘oniston poytaxtida ID terrorchilari 10-dekabr kuni uchta terrorchilik akti uyushtirishdi, bir necha kishi qurbon bo‘ldi. Qobul va boshqa viloyatlarda qo‘lbola bombalarning doimiy ravishda portlatilib kelayotgani yangi hukumatning samarasizligidan dalolat beradi.
Markazdan uzoq hududlarda ID* tolibonga hujumlar uyushtirib hatto ularning harbiy qo‘mondonlarini ham o‘ldirmoqda. Masalan 8-dekabr kuni Afg‘onistonning shimoli-sharqiy Badaxshon viloyatida ana shunday voqea sodir bo‘ldi. Toliblar avgustda qamoqxonadan barcha mahbuslarni ozod qilganda, ehtimol ID* ga o‘z qo‘llari bilan ko‘mak berishgan.
Militant Wirexalqaro nashri yozishiga ko‘ra, ID*ning mahalliy bo‘linmasi (Vilayat Xorasan) O‘zbekistonda yashirin bo‘linmalar tuzgan va “Toshkentni nishonga olgan”. Ularning asosiy mafkurasi: toliblar, ID*ni birinchi kundan qo‘llab-quvvatlagan, Suriya, Iroq va boshqa qaynoq nuqtalarda “jihod”larda ishtirok etgan etnik o‘zbeklarga qarshi. Tolibon axborot urushida yutqazmoqda va ID* propagandistlari minglab oddiy afg‘onlarni Tolibon* hukumati – “Amerikaning qo‘g‘irchog‘i” deya ishontira olgan.
Boshqa tomondan “Al-Qoida”* BMTni ham tanqid qilib kelmoqda va uning beshta doimiy a’zolari – Xitoy, Fransiya, Rossiya, Britaniya va AQShni – dunyodagi eng katta jinoyatchilar deb ta’riflamoqda. Ehtimol bu toliblarga haqiqiy ittifoqchilar va qadriyatlarni esga solgan. Afg‘on qozoni qaynamoqda va uning qopqog‘i istalgan vaqt otilib ketishi mumkin.
Ushbu vaziyatda toliblarning birinchi navbatda iqtisod emas havo-harbiy kuchlarini tiklashi va Avgust oyida olib qochilgan texnikani Afg‘onistonga qaytarish istagi xavotir uyg‘otadi.
Dekabr oyining boshida Tolibon* muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekistondan afg‘on uquvchilar tomonidan olib qochib ketilgan samolyot va vertolotlarni qaytarishni talab qilishdi. Pentagon va NATOning Afg‘onistonda uzoq vaqt davomida olib borgan faoliyati partizanlarga qarshi janglarda harbiy aviatsiyaning foydasiz ekanini namoyish qildi. Tolibon HHKning asl maqsadi nima ekani – hozircha noma’lum.
Afg‘onistonda ID* xavfi oshib borishi bilan bir vaqtda, Tolibon kichik-Ma’sud va sobiq vitse-prezident Amrulla Solih boshchiligidagi shimoliy Alyans qarshiligini inkor eta olishmaydi. Qo‘zg‘olonchilar Panjsher darasining katta qismini nazorat ostida ushlab turishibdi. U yerda hozirgacha to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi. Ehtimol jangovar aviatsiya toliblarga aynan o‘sha yerda kerak.
Toshkentda 13-dekabr kuni O‘zbekiston va AQSh ishtirokida strategik hamklik Suhbati bo‘lib o‘tdi. Kelajakda “Qobul – Toshkent – Vashington” uchburchagida munosabatlar qanday tus olishi mumkinligi hozircha tushunish qiyin. Lekin, O‘zbekiston oldida murakkab harbiy diplomatik manyovrlar turgani aniq.
Nima bo‘lganda ham, birinchi navbatda hududiy xavfsizlik va hududda real kuch bo‘lgan KXShT bilan integratsiyani mustahkamlash kerak. Amerikalik “hamkorlar” esa o‘tgan 20-yilda Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyish qilishdi.
*Rossiya va dunyoda ta’qiqlangan terrorchi guruh