https://oz.sputniknews.uz/20211214/ccv-xodimlarining-40-oz-vazifasidan-ozod-etildi-21790454.html
CCV MA xodimlarining 40 % o‘z vazifasidan ozod etildi
CCV MA xodimlarining 40 % o‘z vazifasidan ozod etildi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi o‘z vazifasidan ozod etildi.
2021-12-14T18:11+0500
2021-12-14T18:11+0500
2021-12-14T19:43+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17907148_0:119:1280:839_1920x0_80_0_0_b1f9b799443ed3272077fecd9531c874.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U o‘ta keskin ruhda kechib, tizimda har bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.Xabarda yozilishicha, keyingi paytlarda tibbiyot sohasidan norozi ekanligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligiga juda ko‘p shikoyatlar kelmoqda. Chunki tizimda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Ayniqsa, aksariyat hududlarda tibbiy xizmat sifati hanuz talab darajasida emas.Sohada burokratik to‘siqlar va korrupsion holatlar, afsuski, saqlanib turibdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari bilan muloqotlarda bu haqda qayta-qayta to‘xtalib o‘tmoqda.Masalan, joriy yilning o‘tgan 11 oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelib tushgan jami murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 mingtaga ko‘payib, 57 600 tani tashkil etgan. Ularning eng katta qismini sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.Ayrim kasalliklar ko‘rsatkichlari yil sayin oshib borayotgani ham achinarlidir. Xususan, so‘nggi besh yilda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari 20 foizga ko‘paygan."Qolaversa, bitta tumanda kamida 10-15 ta laboratoriya bo‘lgani bilan qonni tahlil qilishga sharoit va mutaxassislar malakasi yetishmasligi oqibatida diabetning og‘ir asoratlari – ko‘z, buyrak va to‘piq kasalliklari bo‘yicha respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oshgan.Tibbiyotda davlat xususiy sherikchilik munosabatlari, tibbiy sug‘urta, litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish, sohani raqamlashtirish yo‘nalishlarida ishlar yetarli darajada tashkil qilinmanganligi tufayli ko‘zlangan natijalarga erishilmayapti.Bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasi boshqaruv tizimida bugungi zamon talablariga mos, yangicha fikrlovchi, tashabbuskor, muammoli masalalar yechimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq", - deyilgan SSV bayonotida.Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining o‘z faoliyatida natija bermagan 40 foiz xodimlari vazifasidan ozod etildi va ularga quyi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi.Vazirlik doirasida boshlangan kadrlarni yangilash islohoti kelgusida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, umuman, mamlakatdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarini qamrab olishi ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda ushbu masala atroflicha muhokama etilib, buning uchun vazirlik qoshida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganish, ularga oqilona yechim topish maqsadida alohida guruh tuzilgani qayd etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17907148_91:0:1226:851_1920x0_80_0_0_ce4bc3217df4289e25dbda9b20092e9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ccv xodimlarining 40 % o‘z vazifasidan ozod etildi
ccv xodimlarining 40 % o‘z vazifasidan ozod etildi
CCV MA xodimlarining 40 % o‘z vazifasidan ozod etildi
18:11 14.12.2021 (yangilandi: 19:43 14.12.2021) Vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi o‘z vazifasidan ozod etildi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U o‘ta keskin ruhda kechib, tizimda har bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.
Xabarda yozilishicha, keyingi paytlarda tibbiyot sohasidan norozi ekanligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligiga juda ko‘p shikoyatlar kelmoqda. Chunki tizimda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Ayniqsa, aksariyat hududlarda tibbiy xizmat sifati hanuz talab darajasida emas.
Sohada burokratik to‘siqlar va korrupsion holatlar, afsuski, saqlanib turibdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda mutasaddilar hamda jamoatchilik vakillari bilan muloqotlarda bu haqda qayta-qayta to‘xtalib o‘tmoqda.
Masalan, joriy yilning o‘tgan 11 oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelib tushgan jami murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 mingtaga ko‘payib, 57 600 tani tashkil etgan. Ularning eng katta qismini sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi.
"Eng achinarlisi, aholi ko‘p hollarda joylarning o‘zida hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan oddiy masalalar uchun ham Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari, Bosh vazirning virtual qabulxonasi, Bosh prokuratura va boshqa mas’ul idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda", - deyilgan xabarda.
Ayrim kasalliklar ko‘rsatkichlari yil sayin oshib borayotgani ham achinarlidir. Xususan, so‘nggi besh yilda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari 20 foizga ko‘paygan.
"Qolaversa, bitta tumanda kamida 10-15 ta laboratoriya bo‘lgani bilan qonni tahlil qilishga sharoit va mutaxassislar malakasi yetishmasligi oqibatida diabetning og‘ir asoratlari – ko‘z, buyrak va to‘piq kasalliklari bo‘yicha respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oshgan.
Tibbiyotda davlat xususiy sherikchilik munosabatlari, tibbiy sug‘urta, litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish, sohani raqamlashtirish yo‘nalishlarida ishlar yetarli darajada tashkil qilinmanganligi tufayli ko‘zlangan natijalarga erishilmayapti.
Bularning barchasi sog‘liqni saqlash sohasi boshqaruv tizimida bugungi zamon talablariga mos, yangicha fikrlovchi, tashabbuskor, muammoli masalalar yechimiga professional va kreativ yondashadigan kadrlar yetishmasligi bilan bog‘liq", - deyilgan SSV bayonotida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining o‘z faoliyatida natija bermagan 40 foiz xodimlari vazifasidan ozod etildi va ularga quyi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi.
Vazirlik doirasida boshlangan kadrlarni yangilash islohoti kelgusida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, umuman, mamlakatdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarini qamrab olishi ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilishda ushbu masala atroflicha muhokama etilib, buning uchun vazirlik qoshida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘rganish, ularga oqilona yechim topish maqsadida alohida guruh tuzilgani qayd etildi.