Yangi yildan Toshkentda jamoat transporti narxi oshadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab chiptalar narxi 1700 so‘m bo‘lishi rejalashtirilmoqda. So‘nggi bor jamoat transporti narxi 2019-yilda oshirilgan edi.
TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Toshkent shahrida kelgusi yildan boshlab jamoat transporti narxini oshirish renjalashtirilmoqda. Bu haqida Toshkent shahar hokimimining Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirilgan yangi qarori loyihasida aytib o‘tilgan.

Toshkent shahrida 2022-yil 1-yanvardan boshlab shahr yo‘lovchi transporti - avtobus va metropolitenda bir yo‘lovchi uchun 1700 so‘m, yo‘lovchi bagaji uchun - 3000 so‘m miqdorda narxlar belgilansin, - deyilgan qaror loyihasida.

Shuningdek, turli toifa yo‘lovchilar uchun qatnovlar soniga bog‘liq tarif rejalari narxdalari ham e’lon qilingan. Unga ko‘ra
"AV" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 170 ming so‘m;
"AVM" toifa, 30 kun va 180ta qatnov - 236 ming so‘m;
"N" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 85 ming so‘m;
"T" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 85 ming so‘m;
"O" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 85 ming so‘m;
"NM" toifa, 30 kun va 180ta qatnov - 118 ming so‘m;
"O'M" toifa, 30 kun va 180ta qatnov - 118 ming so‘m;
"B" toifa, 30 kun va 60ta qatnov - 0;
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida jamoat transporti narxi so‘nggi bor 2019-yilning avgust oyida oshirilgan edi. Shundan buyon bugungi kunga qadar avtobus va metroda bir yo‘lovchi uchun chipa narxi 1400 so‘mni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0