“Telbalar” zanjirdan chiqib ketdi: Amerika urush boshlamoqchimi?

© Commons.wikimedia / Tech. Sgt. Robert J. HorstmanBoeing B-52H AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti
Boeing B-52H AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2021
Obuna bo‘lish
Odamlar qanchalik yomon yashasa, shunchalik kurashishga ishtiyoqi ko‘payadi. Urush - yagona ijtimoiy lift, to‘yib ovqatlanish uchun yagona imkoniyat bo‘lib qolmoqda.
Hozir Ukraina bilan sodir bo‘layotgan voqealarga anchagina yolg‘on aralashgan. Biz xoh Donbass muammolari, xoh Minsk kelishuvlarining bajarilmayotgani, xoh qo‘shnimizning qanday bo‘lmasin NATOga a’zo bo‘lish istagini muhokama qilarkanmiz, bu yerda gap aslida Ukraina haqida ketmayotganini hammamiz yaxshi tushunamiz.
So‘nggi o‘ttiz yil davomida Ukraina, eski sovet gaz quvurlari atrofida joylashgan, bori ham yo‘g‘i ham bilinmaydigan, o‘z tili va kashtali ko‘ylaklari hamda tunda mash’al ko‘tarib tantanali yurishlari bilan tanilgankulguli sarob va bir dardisar mamlakat edi. Oldin u bir quvurga bog‘liq mamlakat edi, hozir esa quvur bo‘shab qoldi va sarob bir zumda tarqalib ketdi.
Oxirida esa - xorijiy davlat tomonidan bosib olingan “Yukreyn” qoldi. Misli dastaksiz jomadon kabi, amerikalik egalari uni o‘zlari bilan olib keta olmaydi. Shu sabab tashlab ketishdan oldin, uning ichi imkon qadar ko‘proq portlovchi moddalar bilan to‘ldirilmoqda. U hatto shaxmat o‘yinidagi “piyoda” ham emas, shunchaki shashka donasi, uni Rossiya va AQSh o‘z o‘yinlarida kerakli joyga surib qo‘yishmoqda.

Telbalar siyosati

Bu xuddi 2008-yildagi Gruziya kabi, bu AQSh va Rossiya munosabatli haqidagi gapdir. tarixi. Bu bizning birinchi shaxslarimiz muzokaralari, bizning so‘nggi ogohlantirishlarimiz, bizning harbiy va diplomatik faolligimizdir. Va bunda asosiy savol: amerikaliklar bu haqida nima deb o‘ylaydi? Ular ff“Ukreyn” uchun jang qilmoqchimi yoki yo‘q? Agar javob - ha bo‘lsa, unda u qanchalik jiddiy?
Barcha to‘polonlarni Senator Rodjer Uikerning bayonnomasi boshlab bergan edi. U Ukrainaga lashkar jo‘natish va Rossiyaga qarshi yadroviy qurol ishlatish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerakligi haqida va’dalar bergan edi. “Bir duym ham orqaga yo‘l yo‘q”- deb yozdi u o‘tgan hafta o‘z Tvitterida.
Ammo bu senator u yerda mana shunday ajoyib chaqiriqlar qilib turadigan yagona odam emas. Senator Djoni Ernst “Mudofaa yangiliklari”da aslida mavjud bo‘lmagan rus tajovuziga qarshi kurashish to‘g‘risida butun boshli rejani e’lon qildi. Unga ko‘ra Ukrainada rotatsiya asosida NATOning muntazam bo‘linmalari bo‘lishi va yerda o‘qish va instruktaj mashg‘ulotlarini o‘tkazib borishni talab qilmoqda.
Ernst ham, Uiker ham- respublikachi. Balki ushbu nosog‘lom tajovuzkorlik - aynan ushbu partiyaning o‘ziga xos xususiyatidir. Sovet davrida “Eyzenxauer bredit voynoy” (“Eyzenxauer jang deb alahsirab yuribdi”) degan qo‘shiq bo‘larmidi?
Biroq, yo‘q, demokratlar tarafda ahvol yanada achinarli. Prezident Bayden allaqachon NATOning Sharqiy Yevropadagi armiyasini kuchaytirish uchun amerikalik askarlarni jo‘natishga va’da bergandi. Uning atrofidagi Viktoriya Nuland boshchiligidagi neokon-demokratlar esa respublikachi “qirg‘iylardan”da shiddatliroq kurashishga tayyor.
Ikki partiyani ham militaristik g‘azab qurshab olgan. “To‘rt yil davomida Tramp bu telbalarni ushlab turgan edi. Buning uchun u bir umrlik maqtovga sazovor. Tramp davrida ma’nisiz urushlar bo‘lmagandi” deya o‘zgacha nostalgiya bilan ta’qidladi FoxNews “bulbuli” Taker Karlson.
Darhaqiqat, Tramp Ukraina haqida butunlay unutib yuborgan va Xitoy kabi muhim o‘yinchilar bilan esa savdo urushlarini olib borishnigina afzal ko‘rgandi. Esingizdami, u KXDR bilan haqiqiy mojaro haqidagi birinchi ishoradayoq qanchalar nazokat bilan orqaga chekingan edi. “Tinchlik, do‘stlik va saqich”. Qanday qilib aslida professional quruvchi xalqaro munosabatlarni professional siyosatchilarga qaraganda yaxshiroq tushungan?

Yangi "Karib mojaro"sini kim boshlamoqda

Bir necha marotaba ta’kidlangan, “Yukreyn”dagi mavjud vaziyat Karib inqirozi boshlanishini eslatadi. Bunday inqirozli davrlarda Amerikaning axborot siyosat esa - klassik “bipolyar asab buzilishidir”. Ular to‘satdan va asossiz o‘zinin u tomondan bu tomonga tashlamoqda. psixopatik tashlanishlar. Bir qarasang “ruslar bostirib kirapti”, “qochib qol”, “hammamiz o‘lamiz” deb baqirishsa, bir qarasang aksincha - “bombalar bilan kshmib tashlamiz” deb vahima qilishadi.
1960 yilda senator Djon Kennedi hamkasblarini “bu hayot yoki o‘lim masalasi” deya qo‘rqitb Parlamentdan Pentagon uchun pul undirgan edi. Kennedi covetlarning raketalar bo‘yicha ancha ustunlikka ega ekanligini ta’kidlab, agar bu ustunlik ko‘payib ketsa ruslar bipr zumda AQShdagi barcha muhim nishonlarga zarba berishini aytib qo‘rqitgan va shu sababli ko‘proq mablag‘ kerak, deya ta’killagan.
1961 yilning iyun oyida Kennedi prezident bo‘ldi va Venada Xrushev bilan uchrashadi. Xuddi hozirgi Ukraina bilan bo‘lgani kabi, o‘sha vaqtda ham rahbarlar boshqa limitrofning taqdirini muhokama qilishadi. Muzokaralar G‘arbiy Berlin taqdiri haqida edi. Amerikalik jurnalistning xotirlashicha, Venada “Prezident jamoasi sovetlik hamkasblariga Amerikaning yadro quroli bo‘yicha ustunligi bilan ochiqchasiga maqtana boshladi va Sovetlarga javob zarbasi berishga yo‘l qo‘ymaslik uchun, birinchi zarbani berishga qaror qilishganiga shama qilishadi...”
Venadagi yig‘ilish Amerikaning Fidel Kastroni ag‘darish bo‘yicha muvaffaqiyatsizlikka uchragan operatsiyasidan ko‘p o‘tmay bo‘lib o‘tgan edi. Putin va Baydenning dekabrdagi muzokaralari ham Amerika armiyasining Afg‘onistondan sharmandali qochishidan uch oydan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Vena muzokaralari Berlinning status-kvosini tasdiqladi - Berlin devori quriladigan bo‘ldi. G‘arbiy Berlin masalasi o‘ttiz yilga muzlatib qo‘yildi. Putin va Bayden o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng ham hozircha hech qanday jiddiy o‘zgarishlar yuz bermadi.
Biroq, 1961-yilda Amerikaning tajovuzkor gaplari va Turkiyada raketalarini joylashtirishi, Xrushevni Kubaga raketa yuborishga majbur qildi. “Va Uchinsi jahon urushiga bir qoldirgan Karib mojarosi boshlanib ketdi...”
Oddiy amerikaliklar bugun Yukreyn haqida qanday fikrda? 2014-yilda Washington Post gazetasi “Amerikaliklar Ukraina uchun kurashmoqchimi” mavzusidagi so‘rov natijalarini e’lon qildi. Respondentlarning atigi 13% urushni oqlagan. Bunga parallel ravishda respondentlarga jahon xaritasida Ukrainani ko‘rsatish taklif qilingan. Atigi 16% respondentgina ko‘rsatib bera olgan. So‘rovnoma qiziqarli o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatdi: Ukraina qayerda ekanligini mutlaq bilmaydiganlar u yerga qo‘shin yuborish tarafdorlari bo‘lib chiqdi.
So‘rovnoma xaritasi chindan ham kishini hayratga soladi. Amerikaliklar bir qarasang, Ukrainani Afrikada yoki Hindistonda, bir qarasang Alyaska yoki Islandiyada joylashgan deb ko‘rsatishgan. Bu, albatta, shunchaki bilimsizlik emas- bu amerikaliklar avlodlar davomida yashab kelgan axborot pufagining ta’siridir. Uning ichidagi haqiqat dunyoda bo‘layotgan hodisalarga allachon to‘g‘ri kelmaydi. U yerda boshqa geografiya, boshqa siyosat, boshqa iqtisodiyot - umuman hammasi boshqacha.
Ammo bundan ham yomoni, ushbu “matritsa”ni yaratayotgan elita qatlamning o‘zi unga allaqachon ishonib bo‘lgan, unga to‘liq singib ketgan va va hamon shunday yashamoqda. Bu borada Garvard bitiruvchilarining aksariyati Missisipi shtatining Tupelo shahridan kelgan o‘qimagan qora tanli onadan umuman farq qilmaydi.

Apokalipsisdan keyingi hayot

2014 yildan boshlab amerikaliklar va ular bilan birgalikda olti milliard aholining barchasini urush qiyinchiliklarga astroydil tayyorlashadi. Bu haqida Gollivud o‘zining umuminsoniy ofatlarga bag‘ishlangan blokbasterlarida batafsil hikoya qilib berdi. Barcha halok bo‘lgan Yer sharida tirik qolgan bitta-yarimta kishilarni Amerikaning superqahramonlari qutqarib qolishdi. Xullas “apokalipsisdan keyingi davr” janri gullab-yashnadi.
Gollivud tasavvurida “post-ap” juda shinam tasvirlangan. U yerda albatta elektr bilan ta’minlaydigan generator topiladi, benzin esa har doim bor, chiroqlar yonib, ventilyatorlar aylanib turadi. Muzlatkichda esa kokteyl muz kubiklari ham tayyor. Yolg‘iz qahramon esa kimsasiz shaharlar bo‘ylab kezadi, yaxshi ovqatlanadi, musiqa tinglaydi va beixtiyor uning xayoliga - odamlarsiz oldingidan ham yaxshiroq-ku degan fikrlar keladi.
Faqat ruslar va o‘z yerida urushni boshidan kechirgan xalqlar – urush haqida gentik xotiraga ega. Ular albatta aslida kimsasiz shaharlar chirigan jasadlar bilan to‘lib yotishini, bosh qahramon esa bir zumda qandaydir kallakesarlar tomonidan otib o‘ldirilishini yaxshi tushunadilar. Lekin hech qachon urush dahshatini boshidan o‘tkazmagan amerikalar, yadro urushidan keyin hammasi aynan shunday orqa fonda skripka ovozlari eshitilib turgan romantik muhit bo‘lishiga ishonishadi.
Kun ora “iqlim muammolari” haqida jar solish ham odamlarni urushdan keyingi qiyinchiliklarga va yetishmovchiliklarga tayyorlashga o‘xshaydi. Har kuni ilg‘or OAV yorug‘ yuzli fuqarolarini soya go‘shti va qovurilgan chigirtkaga iste’mol qilishga, mol, qo‘y go‘shti, sut, pishloq, qahva va vinodan voz kechishga chaqirmoqda.
Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: agar “oltin milliard” yoppasiga chigirtka yeyishga o‘tsa, Yer sharining qolgan aholisi qanday yashaydi? Ilgari go‘sht, vino va qahva ishlab chiqqan mamlakatlar aholisi nima yeydi? Insoniyat shu darajadagi hayotga ketish uchun, ishlab chiqarish, agrosanoat, ta’minot zanjirlariga nima bo‘lishi kerak? Bizga “ekologik halokat” deb aytilayotgan tushuncha aslida global yadro urushining chiroyli metaforasi emasmikan?

To‘yib ovqat yeyish uchun urush kerak

Bugungi kunda Yevropada sodir bo‘layotgan dahshat esa kichik “Veymar”ga o‘xshaydi. Kambag‘allik, sovuq va ochlik yevropaliklarni chiniqtirib, ularga hatto urush ham bunday hayotdan yaxshiroq ekanligiga dugan tushunchani uqtirishi kerak. Axir “Dahshatli yakun, cheksiz dahshatdan yaxshiroq”. Biroq Amerika ham bunday hayotdan unchalik uzoqda emas.
Odamlar qanchalik yomon yashasa, shunchalik kurashishga ishtiyoqi ko‘payadi. Urush - yagona ijtimoiy lift, to‘yib ovqatlanish uchun yagona imkoniyat bo‘lib qolmoqda. Yigirma yil oldingi farovon Ukrainada hech kim NATOga qo‘shilishni xohlamasdi. Bugungi qashshoq Ukrainada aholining qariyb yarmi allaqachon buni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Amerikada ham shu holat. 2021-yilda allaqachon amerikaliklarning yarmi Rossiya bilan jang qilish uchun amerikalik askarlarni yuborishga tayyor edi. To‘g‘ri, so‘rovnoma shu yilning iyul oyida o‘tkazilgan. Ehtimol, Afg‘onistondan so‘ng natijalar boshqacha bo‘lardi. Bundan tashqari, amerikaliklar saylovlarda ham, statistikada ham xullas hamma joyda ko‘proq raqamlar yozib qo‘yishni yoqtirishlari aniq.
Biroq, ommaviy ongni urushga moslashtirish jadal sur’atlarda davom etmoqda va bu tushunarli. Amerika xalqining hayoti jadal tarzda yomonlashmoqda. Ko‘rinmas inflyatsiya dollarni obro‘sizlantirish va mamlakatni butunlay qashshoqlikka olib kelishi bilan tahdid qilmoqda. Najot topishning yagona imkoniyati esa Rossiya va Xitoy kabi boy mamlakatlarni talon-taroj qilish bo‘lib ko‘rinmoqda.
Amerika elitasining o‘zi dunyo hukmronligi tuzog‘iga tushib qoldi. Afg‘onistonda zaiflikni ko‘rsatib, keyingi muvaffaqiyatsizlikda ularni hech kim kechirmasligini yaxshi tushunishadi. Sovet davrida amerikaliklar domino tamoyiliga ishongan - agar biror bir mamlakat kommunizm infeksiyasiga duchor bo‘lsa, uning qo‘shnilari ham Sovet Ittifoqi ta’siriga tushib qolishidan qo‘rqishgan.
Bugun esa ular xuddi o‘sha tamoyil o‘z ta’sirini yo‘qotishga duch kelyapti. Mehribon tayvanliklar Xitoy bayroqlarini, bag‘rikeng ukrainlar esa rus bayroqlarini o‘z yashirgan joylaridan chiqarib qo‘yayotganini - Vashington ko‘rmasdan iloji yo‘q. "Haqiqiy zo‘ravonlar kam", Vashington uchun kurashadigan ahmoq yo‘q. Limitrofik hududlar aholisi asrlar davomida qo‘shinlarni pulemotlar bilan emas, balki gullar bilan kutib olishga o‘rgangan. Menimcha, ko‘pchilik allaqachon guldasta sotib olyapti.
Bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Vashington va uning ittifoqchilarini katta zarba kutmoqda. Bunda ularning o‘zlarining sobiq vassallaridan ko‘ra yomonroq dushmani bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0