XVJga muhtojlikdan gipertovush yetakchiligigacha - Putin Rossiya bosib o‘tgan yo‘l haqida
22:20 12.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023)
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Soveta po razvitiyu grajdanskogo obshestva i pravam cheloveka
© POOL
/ Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiyani 1990-yillarda bo‘lib o‘tgan ichki urushlar, o‘z hukmini o‘tkazishga uringan XVJ va suverenitetini qaytargan Rossiya haqida batafsil hikoya qilib berdi.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya-1" telekanali orqali namoyish qilingan “Rossiya. Eng yangi tarix” hujjatli filmda 1990-yillarda rossiya duch kelgan jiddiy muammolar haqida aytib o‘tdi.
Ichki separatistlar
Xususan, 1990-yillarda turli separatist kuchlar turli tartibsizliklar uyushtiishganini va Rossiyani bo‘lib yuborishga uringani haqida aytib berdi.
“Ushbu separatist kuchlar, banditlar, terrorchilar G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Ular Rossiyani tarqatib yuborishga urinishgan edi. Men o‘sha vaqtlar FXB direktori lavozimida ishlar edi va ushbu vaziyatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turardim. Bu mutlaq aniq fakt edi”, - dedi Rossiya prezidenti.
XVJga muhtojlik
O‘sha vaqtlar Rossiya o‘z suverenitetining bir qismini ham yo‘qotgan edi. Ya’ni turli iqtisodiy masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga muhtoj bo‘lgan edi. Ular esa Rossiyaga o‘z hukmini o‘tkazishga uringan.
“O‘sha vaqtlar Rossiya turli xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari yordamiga muhtoj edi. Turli masalalarda ularning fikriga quloq tutishga majbur edi. O‘shanda Rossiya o‘z suverenitetining bir qismini yo‘qotganini afsus bilan aytish mumkin, - dedi Rossiya prezidenti.
“Shimoliy Kavkazdagi navbatdagi jangovar harakatlarimizdan so‘ng, XVJning navbatdagi missiyasi jangovar harakatlarni bas qilishni talab qilishdi. - Bunga XVJning nima loqasi bor, degan savolga ular - bu iqtisodga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deb javob qaytarishdi. Biz uchun hozir davlatni mustahkamlash muhimroq, degan gaplarga ular quloq solishmadi va bizning navbatdagi to‘lovni kechiktirish haqidagi iltimosimiz qabul qilinmadi” – deb hikoya qiladi Putin.
2000 yillar boshida Rossiya iqtisodni rivojlantirishga jadal kirishadi va milliy faravonlik fondini jamlay boshlaydi. Qisqa vaqt ichida u yerda 20 milliard dollar mablag‘ jamlanadi.
Shundan so‘ng Rossiya XVJning barcha qarzlarini muddatidan oldin to‘lab beradi va foizlarni to‘lamaslik evaziga 14 milliard dollar iqtisod qiladi. Shu bilan Rossiya “kredit” ninasidan xalos bo‘lib o‘z suverenitetini mustahkamlaydi.
Yangi qurollar bo‘yicha yetakchi
Bugungi kunda Rossiya yangi turdagi qurollar bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylangan, deydi Vladimir Putin.
“AQSh bilan bizda yadroviy qurollar soni va tashuvchilari bo‘icha taxminiy paritet bor, lekin eng zamonaviy, istiqbolli qurollar bo‘yicha – biz so‘zsiz yetakchi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan, biz mavjud qurollarimizni ham doimiy asnoda yangilab, zamonaviylashtirib, yangi qurollar majmualarni qabul qilmoqdamiz. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha biz bugun dunyoda birinchi”, - dedi Rossiya prezidenti.
Vladimir Putin, xususan, Rossiya bugungi kunda gipertovush qurolga ega ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Albatta bunday qurol ertami kechmi raqiblarimizda ham paydo bo‘ladi, lekin u vaqtga kelib biz ularni yana bir bor hayron qoldirishga qodir bo‘lamiz. U vaqtga kelib bizda gipertovushga qarshi kurash vositalari paydo bo‘lish ehtimoli katta”, - dedi Putin.
Bugun Rossiya qurolli kuchlari ixtiyorida gipertovushli raketalarga ega bo‘lgan yagona mamlakatdir. Ular ehtiyoj bo‘lganda qo‘llash uchun yuqor shay holatda turibdi. “Kinjal” aviatsiya majmualari va “Avangard” raketalari jangovar navbatchilik olib bormoqda. Gipertovushki "Sirkon"raketasi davlat sinovlaridan o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, "Avangard" tovuz tezligidan 20 barobar tez uchishi mumkin. Ana shunday raketalar bilan jihozlangan birinchi diviziya Orenburg viloyatida joylashtirilgan.
"Kinjal" gipertovushli majmuasi raqibning mavjud havo-himoya tizimlarining barchasini yengib o‘tishga qodir. Bugungi kunda ana shunday raketalar bilan MiG-31K qiruvchi samolyotlari jihozlanmoqda
“Sirkon” gipertovush raketasi tovush tezligidan 9 baravar tez uchishi mumkin. Uning parvoz uzoqligi 1000km.