So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV novom aeroportu eksklava Sox prizemlilsya perviy samolyot
V novom aeroportu eksklava Sox prizemlilsya perviy samolyot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2021
Obuna bo‘lish
"Farg‘ona – So‘x" parvozlari dushanba, juma kunlari soat 10:00da va "So‘x – Farg‘ona" yo‘nalishida esa soat 12:00da bajariladi.
TOShKENT,12 dek - Sputnik. Humo Air aviakompaniyasi "Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona" yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.
Parvozlar 2021-yilning 12-dekabridan boshlanadi. “Humo Air” MChJ aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida soat 10:00da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.
Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilishlari mumkin, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin So‘xdagi aeroport to‘liq ta’mirdan chiqqani haqida xabar bergan edik. Navobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jadal suratlarda barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar bo‘lib, uning uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Aeroportda kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylari bor. So‘x aeroporti qurilishiga davlat budjetidan 6,8 mlrd. so‘m (635 ming$) mablag‘ ajratilgan.
Ma’lumot uchun, 2020-yilda O‘zbekistonning Qirg‘iziston Respublikasi hududi ichida joylashgan eksklavida mahalliy aholi va qo‘shni Qirg‘iziston fuqarolari bilan janjal kelib chiqqan edi. Shundan so‘ng O‘bekiston prezidenti So‘x tumanini Farg‘ona viloyatining Rishton tuman bilan bog‘laydigan qisqa yo‘l ochish, So‘xda aeroport qurish, suv bilan ta’minlash, bog‘cha, maktab va shifoxonalar qurish haqida topshiriq bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0