Qarz necha puldan ko‘p bo‘lsa yozma shartnoma tuzish kerak?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2021
Obuna bo‘lish
Fuqarolar orasida olinayotgan qarz miqdori BHMning o‘n baravaridan ko‘p bo‘lganda yoki tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lganda yozma shartnoma tuzish majburiy hisoblanadi.
TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Fuiarolar o‘rtasida qarz summasni necha puldan oshganda yozma shartnoma tuzish kerak? Ushbu savolga Adliya vazirligi javob berdi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro olingan qarz summasi BHMning 10 baravaridan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ya’ni 2 mln 700 ming so‘mdan ko‘p bo‘lganda, oddiy yozma shaklda shartnoma tuzilishi shart.
Ikkinchidan, agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayan summa yoki muayan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Uchinchidan, agar qarz beruvchi yoki qarz oluvchi tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lganda, qarz summasidan qat’i nazar - yozma shartnoma tuzilishi shart.
Shuningdek, qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda fuqarolar orasidagi iqstisodiy munosabatlar Fuqarolik kodeksi tomonidan tartibga solinadi. Kodeks, xususan, fuqarolar huquqlarining tengligini, mulkning daxlsizligini, shartnomaning erkinligini, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini va boshqa huquqlarini kafotlatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0