Kelgusi haftada sovuq havo, yomg‘ir va qor kutilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishZima
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2021
Obuna bo‘lish
Kelayotgan haftada O‘zbekiston hududida havo sovuq bo‘ladi, hafta boshida ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Kelayotgan haftaning 13-16 dekabr kunlari O‘zbekistonda havo sovuq bo‘ladi. Aksariyat hududlarda harorat noldan past darajada bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 13-dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 15-dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16-dekabrda kechasi 4-9° sovuq , kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. Usturtda 13-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14-16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Harorat 13-dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 14-dekabrda kechasi 2-7° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliqgacha, 15-dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16-dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida 13-dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq, 14-dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq, 15-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16-dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 14-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 14-dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
Havo o‘zgarib turadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 14-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 13-dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 14-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida
Havo o‘zgarib turadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. 15-dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 14-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 15-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16-dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda
Havo o‘zgarib turadi, 13-15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 13-dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 16-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 14-16 dekabrda kechasi 7-12° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0