Bahodir Jalolov raqibini birinchi zarbadayoq nokaut qildi - video

© AP Photo / Frank Franklin IIBokser Baxodir Djalolov viigral chetvertfinal u indusa Satisha Kumara.
Bokser Baxodir Djalolov viigral chetvertfinal u indusa Satisha Kumara. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Dubayda kolumbiyalik raqibini nokautga uchratdi.
TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir vaznli bokschi, olimpiya chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi 9-jangidaham nokaut bilan g‘alaba qozondi.
BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida Bahodir kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga (5 jang, 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) qarshi ringga ko‘tarilib, 8 raundga mo‘ljallangan jangning 37-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa Surxondaryolik bokschi professional boksdagi 9-jangini ham nokautli g‘alaba bilan yakunladi. Jangdan so‘ng Jalolov navbatdagi raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar ringga chiqishga tayorligini va super og‘ir vazndagi 4ta kamarni ham O‘zbekistonga olib ketish niyati borligini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0