SWIFT tezligida: Rossiyaga berilgan zarbadan aslida kim zarar ko‘radi

© SWIFTLogotip SWIFT
Logotip SWIFT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya SWIFTdan uzilgan taqdirda, birinchi navbatda, Yevropa korporatsiyalarining o‘zi zarar ko‘radi: eksport uchun to‘lovlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi.
TOShKENT, 10 dek- Sputnik. Rossiyani Butunhajon banklararo moliyaviy aloqalar kanallari jamiyatidan (SWIFT)dan chiqarish yildan yilga qaytarilayotgan tahdid. Bundday chora xalqaro hisob-kitob jarayonlarini qiyinlashtirishga olib kelishi sababli u moliya bozoridagi jiddiy xavflardan biri. Yirik savdo hamkorini chetga chiqarib qo‘yish butun dunyo iqtisodiyotiga qattiq zarba bo‘ladi. Nima uchun bu xatar amalga oshirilmayapti va Rossiyada tranzaksiyalar uchun milliy analoglar bormi, bunga RIA Novosti aniqlik kiritdi.
Aloqalarni uzish
Bu gal ushbu mavzuni Yan Bzejinskiy Ukraina YouTube kanallarining efirlaridan birida ko‘tardi. Amerika tashqi siyosatining mashhur mafkurachilaridan biri bo‘lgan Zbignev Bzejinskiyning o‘g‘li Yan Bzejinskiy 2001-2005 yillarda Mudofaa vazirining yordamchisi bo‘lgan. Hozir esa mutaxassis sifatida chiqmoqda.
Biroq, iste’fodagi amaldor amaldagi hamkasbi Viktoriya Nulandning aytganlarini takrorladi. Davlat bosh kotibi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilari bilan birgalikda agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, uni jahon moliya tizimidan butunlay chetlatishni muhokama qilmoqda.
Avvalroq, CNN ham bu haqida to‘xtalib o‘tgan edi: uning shaxsini sir saqlagan suhbatdoshlari buni “qat’iy chora” degan edi. Bloomberg agentligi ham Vladimir Putin va Djozef Baydenning onlayn uchrashuvi arafasida chiqish qilgandi.
Ilk bor yetti yil avval e’lon qilingan ushbu tahdid, axborot maydonida muntazam ko‘zga tashlanib turadi. Masalan, Yevropa Parlamenti aprel oyida tegishli murojaat bilan rezolyutsiyani qabul qilib va shu bilan birga “Shimoliy oqim 2”ni yakuniga yetkazishdan voz kechishni taklif qilgan edi.
Iyun oyida davlat Dumasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida SWIFT Rossiya Milliy assosiatsiyasi ijrochi direktori Roman Chernov: “Ular bizni uzib qo‘ymoqchi emas, bu hech kimga foyda keltirmaydi”degan edi. Ayniqsa, tashqi hamkorlik nuqtayi nazaridan bu hech kimga foyda keltirmaydi, axir Rossiya muhim xalqaro savdo sherigi.
Jahon iqtisodiyoti evaziga bo‘lsa ham
SWIFT- tranzaksiyalar uchun banklararo ma’lumot almashish tizimidir. U 1973-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda tizimga 220 ta mamlakatning 11 ming ta kredit tashkilotlari, jumladan mingta korporatsiyalar ulangan. Uning kunlik o‘rtacha aylanmasi 32 million xabarni tashkil qiladi.
Biror davlatni ushbu tizimdan uzib qo‘yish, bu - radikal qadam. Bunday choora valyuta bilan shug‘ullanadigan barcha sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ahamiyatlisi - moliya sektori va eksport, xomashyo yetkazib berish uchun to‘lovlar muammoga duch keladi.
Buning oqibatida milliy valyuta o‘n foizgacha arozonlashishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ham Rossiya aktivlaridan xalos bo‘lishni boshlaydigan xorijiy investorlarning chiqib ketishi tufayli qulaydi. Bu esa korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlarining asosiy egalari bo‘lgan banklarga yo‘qotishlar olib keladi.
Biroq, AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyani SWIFTdan uzib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilishi dargumon. Axir jahon iqtisodiyoti xavf ostida qoladi. Bu G‘arb davlatlarining o‘zlariga ham yaxshigina muammolar keltirib chiqaradi - ular bizning resurslarimizdan foydalanish imkoniyatini yo‘qotadi deya ogohlantirgan edi Federatsiya Kengashi Budjet va moliya bozorlari qo‘mitasi a’zosi Vasiliy Ikonnikov.
Rossiya xalqaro savdo aylanmasida ancha zich o‘rnashgan. “Yevropa ham, Amerika ham Rossiya bilan tashqi iqtisodiy to‘lovlarni bunday keskin tarzda to‘xtatib qo‘yishga tayyor emas” deydi Rossiyaning ANIF investitsion jamg‘arma vakolatxonasi rahbari Sergey Grigoran.
Shunday qilib, Rossiya va AQSh o‘rtasida savdo aylanmasi 19,8 milliard dollar - rekord darajaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40% ga ko‘p, deya ta’kidladi Nikita Dolgiy.
Biz okean ortiga asosan metall va xomashyo jo‘natamiz. Amerikaliklar esa avtomobillar, elektronika va dronlar eksport qiladi.
Qiziq jihat: SWIFT- Belgiya yurisdiksiyasi ostidagi korporativ hamjamiyat. Tizim rasman mustaqil xususiy moliya institutlariga tegishli. “Shu sababdan xalqaro xizmatlardan kimni chetlatish va kimni qoldirishni iddao qilishga Vashingtonning mutlaqo haqqi yo‘q” deya ta’qidladi TeleTrade axborot tahliliy markazi bosh iqtisodchisi Petr Pushkarev.
Biroq ikkita misol bor: 2012-yilda Eron, 2017-yilda Shimoliy Koreyaga nisbatan shunday yo‘l tutishgan edi.
Biroq, bu ikki mamlakatga qaraganda, Rossiya global iqtisodiyotga ko‘proq integratsiyalashgan. “Bizni shunchaki chetlatib qo‘yish mumkin emas. Ayniqsa, pandemiya davrida. Yana shunday yirik, keng ko‘lamli zarba hamma uchun xavfli”- dedi Sergey Grigoran.
Birinchi navbatda, Yevropa korporatsiyalarining o‘zi zarar ko‘radi: eksport uchun to‘lovlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi.
“Yevropa parlamentining aprelda qabul qilingan rezolyutsiyasi tavsiyaviy xarakterga ega. Tabiiyki, Yevropa Ittifoqi bunga rozi bo‘lmaydi: nega ular o‘z hayotini qiyinlashtirishi kerak”- degan edi Yuristlarni ro‘yxatga olish, likvidatsiya, bankrotlik va sudda vakillik assosiatsiyasining vitse-prezidenti Vladimir Kuznetsev.
Yechim har doim bor
Aytaylik, amerikaliklar niyatiga yetdi, Rossiyani SWIFTdan uzib qo‘ydi. Bunday holatda ikkita ssenariy mavjud. Birinchisi: banklar ikki tomonlama to‘lov tizimiga o‘tadi. Kredit tashkilotlari vakillik hisob varaqalari bo‘yicha tranzaksiyalarni onlayn amalga oshirishi mumkin.
Yana bir variant- unutilgan eski usulga qaytish. 2005-yilgacha Rossiyaning chet eldagi to‘lovlarining aksariyati Telex banklararo tizimi orqali amalga oshirilgan edi, deya eslaydi Petr Pushkarev. “U zahira sifatida qoldi. 2014-yil sentabr oyida Markaziy bank stress-test o‘tkazgan edi. Va tizim o‘zini ishonchli ekanligini isbotaladi. Ha, Telexda banklararo komissiyalar yuqori, tezligi esa past. Biroq, umuman olganda, bu mumkin”, deydi iqtisodchi
Ikkinchi ssenariy esa mahalliy analoglarga o‘tishni nazarda tutadi. Siyosiy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda Moskva uni allaqachon ishlab chiqqan.
Markaziy bank o‘z axborot bazasi asosida Moliyaviy xabarlar tizimini (SPFS) ishga tushirdi. “Asosiy vazifa-mamlakat ichidagi banklarning usluksiz ishlashini ta’minlash. Bundan tashqari, SWIFT formatida ham xabar yuborish mumkin” deydi Sergey Grigoran.
SPFS 331 ta kredit tashkilotlarini birlashtirilgan. Ularning aksariyatini Rossiyaniki, biroq postsovet mamlakatlari vakillari ham bor - Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston,Tojikiston, shuningdek Kuba ham.
Tizimda ayrim xorijiy banklarning bo‘linmalari ham ro‘yxatga olingan. SPFS biz xohlagan darajada bo‘lmasa ham, salbiy oqibatlarni yengillashtiradi. Xalqaro tranzaksiyalar uchun faqat SWIFT mos, uning esa dunyoda o‘xshashi yo‘q.
Asosiy savol: qaysi banklar tizimdan uziladi: faqat davlat banklarimi yoki xususiy banklar hammi? Rossiyada ishlayotgan xorijiy banklarning taqdiri nima bo‘lishi noma’lum. Ammo bir narsa aniq: bunday sanksiyalar barcha bozor ishtirokchilariga qattiq zarba beradi. Dunyo koronavirus inqirozini boshdan kechirayotgan vaqtda bu albatta yaxshi qaror emas.
Yangiliklar lentasi
0