https://oz.sputniknews.uz/20211210/vatan-madhiyasi-qanday-yaratilgan-edi---video-21746492.html
Vatan madhiyasi qanday yaratilgan edi - video
Vatan madhiyasi qanday yaratilgan edi - video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston madhiyasi musiqasi muallifi - O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov, madhiya so‘zlari muallifi - O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov. 10.12.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-12-10T18:36+0500
2021-12-10T18:36+0500
2021-12-10T18:48+0500
o‘zbekiston
video
abdulla oripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0a/21747212_0:0:2001:1125_1920x0_80_0_0_42f6c30c44306b9cb45509589d68b128.jpg
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Har safar jaranglaganda ko‘ngilga g‘urur, ko‘zlariga yosh keltiradigan O‘zbekiston madhiyasi qachon va qanday yaratilgan edi? Madhiya musiqasi yaratilishi tarixi mustaqil O‘zbekiston tarixidan ham uzoqroq. Uning tarixi O‘zbekiston SSRning birinchi madhiyasi yaratilishi vaqtiga borib taqladi. 1946-yilda SSSRning ilk madhiyasi paydo bo‘lganidan so‘ng (1944yil) O‘zbekiston ham o‘z madhiyasini yaratishga kirishadi. Madhiya musiqasi tanlovida o‘sha vaqtlar endi ijodini boshlagan bastakor Mutal Burhonov musiqasi g‘olib chiqadi. "Xalq so‘zi" maqolasiga asosan.1967 yilga kelib esa O‘zbekiston SSR madhiyasi matniga ayrim o‘zgartirishlar kiritish zarurati tug‘iladi va bu yumushga shoir Turob To‘la jalb etiladi, lekin musiqa o‘zgartirilmaydi.O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng yangi davlat madhiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tanlovga 40-yildan ziyod vaqt mobaynida ijro etib kelinayotgan eski madhiya musiqasi ham nomzod asarlar qatoridan o‘rin oldi. Unga Abdulla Oripov yangi matn yozdi. "Yangi e’lon qilingan tanlov qatnashchisi sifatida mustaqil davlatimiz parlamentida o‘tirar ekanman, qalbim g‘ururga to‘la edi, chunki shu musiqa barchaning qalbidan joy olganiga ishonardim, — deya yozadi Mutal Burhonov. — Musiqaning yarmiga kelganida zalda olqishlar boshlandi..."Shu tariqa A. Oripov va M. Burhonov tomonidan yaratilgan asar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi. O‘shanda 1992-yilning 10-dekabri edi.Ma’lumot uchun, "O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirig‘ida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0a/21747212_0:0:1777:1333_1920x0_80_0_0_c8758605d3503bcdfeea4c1968d6b75b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, video, abdulla oripov
o‘zbekiston, video, abdulla oripov
Vatan madhiyasi qanday yaratilgan edi - video
18:36 10.12.2021 (yangilandi: 18:48 10.12.2021) O‘zbekiston madhiyasi musiqasi muallifi - O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov, madhiya so‘zlari muallifi - O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Har safar jaranglaganda ko‘ngilga g‘urur, ko‘zlariga yosh keltiradigan O‘zbekiston madhiyasi qachon va qanday yaratilgan edi?
Madhiya musiqasi yaratilishi tarixi mustaqil O‘zbekiston tarixidan ham uzoqroq. Uning tarixi O‘zbekiston SSRning birinchi madhiyasi yaratilishi vaqtiga borib taqladi. 1946-yilda SSSRning ilk madhiyasi paydo bo‘lganidan so‘ng (1944yil) O‘zbekiston ham o‘z madhiyasini yaratishga kirishadi.
Madhiya musiqasi tanlovida o‘sha vaqtlar endi ijodini boshlagan bastakor Mutal Burhonov musiqasi g‘olib chiqadi. "Xalq so‘zi"
maqolasiga asosan.
"Boshqa yumushlarni chetga surib, butun vujudim bilan ishga kirishdim, — deya yozadi bastakor o‘zining “Ko‘ngil xazinasi” kitobida. — O‘zbek xalq musiqasining rangin ohanglarini izladim, chunki unda shashmaqomimizning gardun yo‘li bor... Nihoyat, madhiyani tugatdim. Notalarini tayyorlab, konvertga soldim-da ustiga “Poema” deb shartli nom qo‘yib, hay’atga jo‘natdim".
1967 yilga kelib esa O‘zbekiston SSR madhiyasi matniga ayrim o‘zgartirishlar kiritish zarurati tug‘iladi va bu yumushga shoir Turob To‘la jalb etiladi, lekin musiqa o‘zgartirilmaydi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng yangi davlat madhiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tanlovga 40-yildan ziyod vaqt mobaynida ijro etib kelinayotgan eski madhiya musiqasi ham nomzod asarlar qatoridan o‘rin oldi. Unga Abdulla Oripov yangi matn yozdi.
Bastakor va shoirning har bir ohang, har bir so‘z ustida hamkorlikda ishlashlari zoe ketmadi. Yangi madhiya barchaning qalbidan joy oldi.
"Yangi e’lon qilingan tanlov qatnashchisi sifatida mustaqil davlatimiz parlamentida o‘tirar ekanman, qalbim g‘ururga to‘la edi, chunki shu musiqa barchaning qalbidan joy olganiga ishonardim, — deya yozadi Mutal Burhonov. — Musiqaning yarmiga kelganida zalda olqishlar boshlandi..."
Shu tariqa A. Oripov va M. Burhonov tomonidan yaratilgan asar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi. O‘shanda 1992-yilning 10-dekabri edi.
Ma’lumot uchun, "O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirig‘ida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.