Samarqand aeroporti bugundan ish faoliyatini tiklaydi

© Press-slujba Uzbekistan airwaysBoeing 767- 3 CBER
Boeing 767- 3 CBER - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
“Samarqand” xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklaydi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. 10-dekabrdan “Samarqand” xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklaydi, deb xabar qildi Transport vazirligi.
Samarqand aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 20-oktabr kuni yopilgandi.
Ayni damda uzunligi 3105 metr va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi va 24 ta samolyot to‘xtash joyiga mo‘ljallangan perronni o‘z ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi to‘liq yakunlandi.
Aerodrom majmuasi zamonaviy energiya tejovchi yorug‘lik signalizatsiya uskunalari va IKAOning ikkinchi toifasiga mos keladigan qo‘nish tizimi bilan jihozlangan.
Aerovokzal majmuasi qurilishi esa davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0