Rossiya va NATO Boltiqbo‘yida to‘qnashsa nima bo‘ladi?

© ARMEND NIMANI / AFPNATO
NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
Amerikalik siyosatchi Dug Bendou xulosasiga ko‘ra, Rossiya blan qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgan holatda AQSh armiyasi Riga ostonasida, Qo‘shma shtatlarga biror foyda keltirmasdan, qurbon bo‘lishi aniq.
Rossiyani Yevropada cheklab turish yo‘lida milliardlab dollar xarajat qilishiga qramasdan, Boltiqbo‘yi mamlakatlari NATOning “bo‘sh joyi” va Sharqqa kengayish yo‘lida qo‘ygan yaqqol xatosi bo‘lib qolmoqda.
O‘zining iqtisodiy yoki harbiy potensialiga ega bo‘lmagan Latviya, Litva va Estoniya Shmoliy alyansni Yevropada obyektiv jihatdan kuchsizlantirmoqda. Ular destruktiv aksil Rossiya siyosat olib borish bilan birga o‘z hududlarida xorijiy harbiylar doim bo‘lishi uchun sharoit yaratib berishmoqda va goh-gohida Rossiya bilan harbiy mojaro keltirib chiqarishga urinmoqda.
Ushbu hududda jangovar harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda NATOning yengilishi aniq. Chunki NATO davlatlari jug‘rofiy jihatdan o‘zaro ittifoqdosh bo‘lgan Rossiya va Belarus bo‘sag‘asida joylashgan. Ma’lumki, har qanday urush 90% logistikadan tarkib topgan.
NATO ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Suvalksk koridorini ikki soat ichida egallab olishi mumkin. Buning uchun G‘arbiy harbiy okrug va Kaliningrad gruppirovkasi kuchlari jamlansa kifoya. Latviya, Litva va Estoniya va alyansning boshqa davlatlari orasida aloqalarni to‘sib qo‘yish juda oson. Mutxassislar prognoziga ko‘ra, ushbu gibrid operatsiya migrantlar ishtirokidagi tartibsizliklardan boshlanishi mumkin (Belarus – Polsha chegarasida bo‘lgani kabi). Rossiya qo‘shinlari esa, tartibsizliklar sodir bo‘layotgan vaqtda kerakli hududni egallab olishadi.
“Hamkorlar”dan hech biri Moskvaga Suvalksk koridor, nima uchun kerakligini yoki NATOdan uzib olingan Boltiqbo‘yi respublikalarini nima qilish kerakligini tushuntirmaydi. Rossiyaga nsbatan agressiv siyosatlarini izohlash uchun, shu kabi ssenariylarni Vashington va Brusselda doimiy ravishda tuzib kelishmoqda.
2008 yilda Gruziya tomonidan boshlangan 5-kunlik urush G‘arbga Pentagon qo‘shinlari ishtiroki ham Rossiyani to‘xtata olmasligini yaqqon namoyish qilgan bo‘lsa-da, biroz oldin Riga Vashingtondan Latviya hududidagi amerika harbiy kontitenti sonini oshirishni so‘radi.
Polshada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jangovar harakatlarni kompyuterda modellashtirish natijasi ham – hech qanday quvonchli natijalarga olib kelmadi. U Rossiya armiyasi 5 kunda Varshavaga kirib borishi mumkinligini namoyish qildi. Amerikalik siyosatchi Katona Institutining katta ilmiy xodimi Dug Bendou xulosasiga ko‘ra, Moskva blan qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgan holatda AQSh armiyasi Riga ostonasida Qo‘shma shtatlarga biror foyda keltirmasdan qurbon bo‘lishi aniq.

Boltiq hamkorligi

NATOning xarajat va yo‘qotishlari alyans “katta hamkorlari” manfaatlariga mos bo‘lishi kerak. Barcha harbiy harakatlar ana shu tamoyildan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. AQSh Mudofaa vazirligi o‘z qo‘shinlarini Sharqiy Yevropaning biror hududida joylashtirish rejalarini e’lon qilmagan bo‘lsada, ayrim ma’lmotlar oshkor bo‘lgan.
Xususan, AQShning MQ-9 Reaper razvedkachi va zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari Ruminiyaning Kampiya-Turziy harbiy bazasida joylashtirila boshladi. AQSh HHKning yana bir ana shunday bo‘linmasi Polshada joylashgan. Amerikaning 4-ya harbiy brigadasi Gruziya, Latviya, Shimoliy Makedoniya, Polshe va Ruminiya.
Pentagonning Sharqiy Yevropa hududdida faolligining oshishi bilan bir vaqtda, nisbatan tinch bo‘lgan Boltiqbo‘yi davlatlarida AQSh harbiy kontingentinpi kengaytirish istiqboli yo‘q. Ushbu maqsadga allaqachon haddan ortiq mablag‘ sarflanib bo‘lgan.
Chunki pul – birinchi navbatda, hamkorlik – ikkinchi. Bu borada Ukraina misoli juda yaxsh namunadir.
Oldinroq AQShning nufuzli RAND va CSIS izlanishlar markazlari Ukrainani Gruziyada joylashgan NATO kuchlari yordamida “Rossiya agressiyasidan” himoya qilish variantlarini ko‘rib chiqishgan edi va “ xarajatiga arzimaydi” degan xulosaga kelishgan edi. Bir necha armiya brigadalarini joylashtirish 27 mlrd dollarni tashkil qiladi va ularni ta’minlash uchun har yili yana 11 mlrd. dollardan xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Bir vaqtning o‘zida NATOning yevropalik ittifoqchilari boshida 6 mlrd va har yili 2 mlrd. dollardan xarajat qilishlariga to‘g‘ri keladi. G‘arb uchun Ukraina, albatta juda “kerak”, lekin xarajati ko‘plik qilmoqda... Ayniqsa YeI va NATO Sibir uglevodorodlaridan mahrum bo‘lib qolishi hamda boshiga yadroviy to‘qmoq bilan zarba berilish istiqbolini nazarga olganda.
Misol uchun, 2014-yilda Ukrainada davlat to‘ntarishi sodir etish uchun Vashington 5 milliard dollar sarfladi. Undan tashqari so‘nggi 7-yilda Kiyevdagi qo‘g‘irchoq hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSh yana 2,5 milliard dollar xarajat qildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 8-dekabr kuni Amerika harbiylaridan Rossiyani Ukrainaga “bostirib kirmasligini” ta’minlash uchun foydalanmasligini ma’lum qildi. Oq Uy va Pentagon Kiyevga o‘qotar qurollar yetkazib berishni ushbu haftada tugatadi, lekin boshqa qo‘shimcha yordam bermaydi.
Shu o‘rinda Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskasning kecha aytgan " Ukraina kurashi – bu bizning ham kurashimiz” degan so‘zlari biroz noto‘g‘ri eshitladi. Litva ham o‘z qo‘shinlarini Donbassga jo‘natishni istamaydi. Bronjiletlar va “o‘quv missiyalari” hech narsani hal qilmaydi.

Obyektiv reallik

Bir narsani unutmasliklik kerak, Latviya, Litva va Estoniya – alyans a’zolari bo‘lsa-da, Vashington va Brussel uchun ularning ahamiyati unchalik katta emas. Buni ushbu respublikalardagi milliy harbiy qurilish sohasidan bilib olsa ham bo‘ladi.

Haqiqat shundaki, Boltiqbo‘yi respublikalaridan hech biri har-xil qo‘shin turlaridayen iborat to‘laqonli armiyaga ega bo‘lish, zarba beruvchi samolyot, jangovar tank yoki harbiy kema sotib olish imkonini bermaydi. Hatto bir dona foydalanishda bo‘lganini ham. Limfitrlar taqdiri shunaqa bo‘ladi.

Bu borada Polshaning omadi biroz ko‘proq chopdi. Unga 2000-yillarda Iroqda xizmat qilgan 300ta Cougar rusumli AQSh zirhli avtomobillarini sotib olishga ruxsat berildi.
Nima bo‘lganda ham, ushbu haftada Belgiya HHKning ikkita F-16 qiruvchi samolyotlari Estoniya osmonida 150 metr balandlikda parvozlarni mashq qilib, mahalliy aholi turmushini do‘zaxga aylantirmoqda. Bunday mashqlardan maqsad – Rossiya havo mudofaa tizimini yengib o‘tish. Lekin NATOning real agressiyasi sharoitida Estoniyaning Emari aviabazasi Rossiya G‘arbiy harbiy okrugi kuchlarining dastlabki nishoniga aylanadi. Zarba oqibatida respublikaga katta zarar yetkazilishi aniq.
Lekin Boltiqbo‘yi hududi va shuningdek Qora dengiz hududi ham kollektiv G‘arbning jiddiy yo‘qotishlariga arzimaydi. NATO harbiy xizmatchilarining hech biri Suvalksk koridori, Vilnyus, Riga yoki Tallinn ostonasida vafot etishni istamaydi. Bu ular uchun qabul qilib bo‘lmaydigan zarardir. Agar bir kun kelib bu yer haqiqatdan ham “qaynoq nuqtaga” aylansa(Rossiya qo‘shinlari yaqinda yangilangan TOS-1A "Solnsepek" og‘ir olov purkovchi to‘plarga ega bo‘lishdi)- xorijiy legionerlar "qahramonlarcha" bu joyni tashlab qochadi. NATO kuchlari 2021-yil yozida Qobulni tark etgani kabi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna bo‘ling.
Yangiliklar lentasi
0