Nijniy Novgorodda o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

© Sputnik / Viktoriya Viatris / Mediabankka o‘tishSotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto
Sotrudniki skoroy pomoshi, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
Nijniy Novgorod viloyatida avtobus va KAMAZ to‘qnashuvida bir kishi qurbon bo‘ldi 11 kishi jarohatlandi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorodda o‘zbekistonlik ishchilar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Bir kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti viloyat favqulodda xizmatlariga asoslanib.
"YTHda 11 kishi jarohat oldi, bir kishi vafot etdi. Jarohat olganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi", — deyilgan xabarda.
Mahalliy nashrlarda xabar berilishiga ko‘ra, YTH kun kechida "Ardatov — Arzamas" yo‘lida joylashgan Ideal posolkasi hududida sodir bo‘lgan. PAZ avtobus "Progress" MChJ qishloq xo‘jalik korxonasining 23 nafar ishchilarni olib ketayotgan bo‘lgan.
Avtobus haydovchisi yo‘lning pastga qarab ketayotgan yo‘nalishida harakatlanib "yo‘l sharoitiga mos kelmaydigan tezlikda harakatlanishi" oqibatida avtobus yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va u tomondan kelayotgan KAMAZ rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Ayni damda Niijniy Novgorod viloyat prokuraturasi bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0