https://oz.sputniknews.uz/20211210/eoii-va-ozbekiston-mirziyoev-muhim-vazifalarni-sanab-otdi-21743244.html
YeOII va O‘zbekiston: Mirziyoyev muhim vazifalarni sanab o‘tdi
YeOII va O‘zbekiston: Mirziyoyev muhim vazifalarni sanab o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqdi.
2021-12-10T16:41+0500
2021-12-10T16:41+0500
2021-12-10T19:11+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
yeoii
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1389/92/13899242_0:85:1280:805_1920x0_80_0_0_b8f38ae8efa94f0dada61f129dcbd7a5.jpg
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorligining yil yakunlarini sarhisob qildi.Bu davrda respublika uzoq muddatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan tizimli va samarali ish olib borildi, memorandum va uch yillik harakatlar rejasi amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston YeOIIning boshqa organlari faoliyatida faol ishtirok etmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi navbatda - standartlash sohasi va tashqi savdoni notarif tartibga solish choralari.O‘zbekiston “COVID-19siz sayohat” raqamli platformasiga ulandi, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish jarayoni boshlandi.O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yil 11 oyi davomida 30 %ga oshdi. Shu bilan birga, pandemiyadan oldingi 2019-yilga nisbatan ittifoq mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 11 %ga oshdi.Prezident o‘z nutqida YeOII doirasida birgalikda yechim topishni talab qiladigan vazifalar haqida to‘xtaldi:Ayni vaqtda YeOII a’zolari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – O‘zbekiston, Moldova, Kuba.O‘zbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1389/92/13899242_48:0:1233:889_1920x0_80_0_0_fcdc62754e104a612005f477fc12671c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eoii o'zbekiston yeoii o‘zbekiston hamkorlik
eoii o'zbekiston yeoii o‘zbekiston hamkorlik
YeOII va O‘zbekiston: Mirziyoyev muhim vazifalarni sanab o‘tdi
16:41 10.12.2021 (yangilandi: 19:11 10.12.2021) Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorligining yil yakunlarini sarhisob qildi.
Bu davrda respublika uzoq muddatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan tizimli va samarali ish olib borildi, memorandum va uch yillik harakatlar rejasi amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston YeOIIning boshqa organlari faoliyatida faol ishtirok etmoqda.
“O‘zbekiston milliy qonunchiligini YeOII normalariga yaqinlashtirish masalalarida izchil oldinga bormoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi navbatda - standartlash sohasi va tashqi savdoni notarif tartibga solish choralari.
O‘zbekiston “COVID-19siz sayohat” raqamli platformasiga ulandi, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish jarayoni boshlandi.
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yil 11 oyi davomida 30 %ga oshdi. Shu bilan birga, pandemiyadan oldingi 2019-yilga nisbatan ittifoq mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 11 %ga oshdi.
Prezident o‘z nutqida YeOII doirasida birgalikda yechim topishni talab qiladigan vazifalar haqida to‘xtaldi:
o‘zaro savdoda to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish;
sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish;
yangi transport koridorlarini qurish bo‘yicha loyihalarni ilgari surish;
yashil energiya loyihasini amalga oshirishda sa’y-harakatlarni birlashtirish;
raqamli iqtisodiyotga o‘tish;
Yevroosiyo hududida muhim biznes tashabbus va dasturlarini amalga oshirishda kuzatuvchi-davlatlarni faolroq jalb etish;
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi organlarida kuzatuvchi davlatlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ayni vaqtda YeOII a’zolari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – O‘zbekiston, Moldova, Kuba.
O‘zbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.