Rossiyada mehnat migrantlari kimga ko‘proq ishonishi aniqlandi - ijtimoiy so‘rov

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlar Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolganda kimga murojaat qilishi aniqlandi hayotiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlandi
TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida bugun vaqtincha bo‘lib turgan millionlab Markaziy osiyolik mehnat migrantlari og‘ir sharoitga tushib qolganda kimga murojaat qilishi aniqlandi.
Rossiya Migrantlar federatsiyasi o‘tkazgan so‘rovida quyidagilar aniqlandi:
ish yoki turar joy yuzasidan biror muammo paydo bo‘lganda, migrantlarning faqat 3% milliy diniy tashkilotlar yoki diasporalarga murojaat qilishga tayyor;
shuningdek, aksariyat kerakli ma’lumotni internet yoki do‘stlar, tanish-bilishlar orqali qidiradi;
Undan tashqari, so‘rovda ishtirok etganlarning 55,9 foizi Rossiyada o‘zlariga nisbatan salbiy munosabat his qilmayotganliklarini ma’lum qilishgan va Rossiyaga kelganiga 5-yildan ko‘p bo‘lgan respondentlarning 57% Rossiyada bir umrga qolish niyati borligi bildirgan.
Lekin shu bilan birga Rossiyaga kelganiga 3-yildan ko‘p bo‘lmagan mehnat migrantlari orasida Rossiyada bir umrga qolishni istaganlar 30%ni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Migrantlar federatsiyasi (FMR) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda 4739 nafar ishchilar ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0