Rossiya oliygohi turkiy dunyo yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga budjet o‘rinlari ochdi
© Serafima Domanova, informatsionniy sentr NOS altaistiki i turkologii "Bolshoy Altay"Zdanie AltGU
© Serafima Domanova, informatsionniy sentr NOS altaistiki i turkologii "Bolshoy Altay"
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak magistrantlar Katta Oltoy xalqlari etnografiyasini, Rossining Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlaridagi siyosatini, xalqaro va hududiy integratsion jarayonlarni, badiiy madaniyat va san’at tarixini hamda raqamli texnologiyalarni o‘rganishadi.
O‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiyaning Sibir o‘lkasidagi eng yirik OTMlardan biriga budjet asosida o‘qishga kirishi mumkin. Oltoy Davlat universitetining “Katta Oltoy” oltoychilik va turkshunoslik ilmiy-ta’lim markazi (OltDUning “Katta Oltoy” ITM) “Turkiy dunyo etnomadaniyati: art-amaliyot va kreativ industriya” magistrlik dasturiga 2022-yilda to‘qqizta budjet o‘rinlari tashkil qilinganini e’lon qildi.
Magistraturaga birinchi tanlov o‘tgan 2021-yilda bo‘lib o‘tdi. Hozir dunyoning turli davlatlaridan kelgan 20 kishi turk dunyosining etnik madaniyatshunosligini o‘rganmoqda.
“Magistrlik dastur asosida – Katta Oltoy hududlari madaniyatida turkiy kodni o‘rganish turadi. O‘qish davrida talabalar gumanitar hamkorlik, Markaziy Osiyo xalqlarining badiiy merosini ommaviylashtirish bo‘yicha yirik loyihalarni ishlab chiqish va avmalga oshirish bilan shug‘ullanishadi. Bo‘lajak magistrantlar xalqaro olimlar guruhi rahbarligi ostida ishlashadi”, - deb izoh berdi dastur ishlab chiquvchilaridan biri, san’atshunoslik fanlari doktori, OltDU Gumanitar fanlar instituti direktori Larisa Nexvadovich.
Ta’lim dasturi Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogik universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Talabalar ikki OTMda fanlarini modullar asosida o‘rganishadi. Shu sababli ham o‘qishni bitirganidan so‘ng ular ikki oliygoh diplomlarini olishlari mumkin.
“Rossiya ta’limi O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ishga joylashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bizning xalq uchun Katta Oltoy mavzusi juda muhim va ushbu mavzuni o‘rganish bizning xalqimiz uchun juda muhim. Ushbu dasturni o‘rganish turk dunyosi haqida chuqur va har tomonlama tasavvur olish, nafaqat o‘z davlati tarixi, balkim Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari tajribasini ham o‘rganish imkonini beradi. Undan tashqari mening fikrimcha OltDU o‘qituvchiari — haqiqiy mutaxassislar. Ular xorijiy talabalarga juda iliq munosabat va har doim yordamga kelishga tayyor”, - deydi OltDUning samarqandlik magistranti Farrux Toshniyezov.
Bo‘lajak magistrantlar Katta Oltoy xalqlari etnografiyasi, Rossining Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlaridagi siyosatini, xalqaro va hududiy integratsion jarayonlarni, milliy badiiy madaniyatini, badiiy qadriyatlarni va moddiy boyliklarni restavratsiya qilish va saqlash sirlarini, badiiy madaniyat va san’at tarixini, zamonaviy bezak san’atini hamda raqamli texnologiyalarni o‘rganishadi.
© Serafima Domanova, informatsionniy sentr NOS altaistiki i turkologii "Bolshoy Altay"Magistrant AltGU Farrux Toshniyezov
Magistrant AltGU Farrux Toshniyezov
© Serafima Domanova, informatsionniy sentr NOS altaistiki i turkologii "Bolshoy Altay"
OltDU o‘qituvchilari orasida talabalar bilan Rossiya Madaniyat vazirligining madaniy qadriyatlar bo‘yicha eksperti, san’atshunilik fanlari nomzodi, but (ikona) tuzatish ustaxonasi restavratori Galina Bulgayeva, Rossiya Fanlar akademiyaning Sibir bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Irina Oktabrskaya, pedagogika fanlari nomzodi, Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti professori, Qozog‘iston Rassomlar ittifoqi a’zosi, YuNESKO va ISEKOning nomoddiy boyliklarni qo‘riqlash bo‘yicha Milliy komissiya eksperti, Markaziy Osiyoda madaniyatlararo ijodiy uyushma eksperti Janerke Shaygozova va boshqalar ishtirok etadi.
“Turkiy dunyoning etnik madaniyatshunosligi: art-amaliyotlar va kreativ industriya” – magistrlik dasturi “Katta Oltoyning Turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi birlik va ko‘p qiyofalik” loyihasi doirasida Rossiyaning Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Katta Oltoy” dasturi doirasida 2022-yilda yana beshta magistrlik dasturiga tanlov e’lon qilinadi: “Katta Oltoy media hududining ijtimoiy xavfsizligi”, “Markaziy Osiyoda hududiy tahlil va tabiatdan foydalanish”, “Markaziy Osiyoda chegaralaruzra savdo: menejment va marketing”, “Shimolyi va Markaziy Osiyo hudularining barqaror rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarga asoslangan axborot tahlili” va “Turkshunoslik”.