https://oz.sputniknews.uz/20211209/qurolli-kuchlar-esdalik-nishoni-21717941.html
Qurolli kuchlarning 30-yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi
Qurolli kuchlarning 30-yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30-yil" esdalik nishoni ta’sis etildi
2021-12-09T10:17+0500
2021-12-09T10:17+0500
2021-12-09T10:17+0500
jamiyat
mukofot
qurolli kuchlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1435/76/14357611_0:117:696:509_1920x0_80_0_0_424e66927bd2e13159e8900c8bf85499.jpg
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Prezident farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30-yil" esdalik nishoni ta’sis etildi, deya xabar qildi Norma.uz.Esdalik nishoni bilan mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar taqdirlanadi.Jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari ham mukofokotga loyiq ko‘rilishi mumkin.Esdalik nishoni prezident - Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni nomidan qo‘shilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga guvohnoma beriladi. Esdalik nishoni mukofotlanganlarga kuch ishlatuvchi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tokio-2020-goliblari-esdalik-nishonlar-bilan-taqdirlanishdi-20344252.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1435/76/14357611_0:40:696:562_1920x0_80_0_0_9c31f2e22156fa8d7cf459ebc83832e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qurolli kuchlar 30-yilligiga esdalik nishoni
qurolli kuchlar 30-yilligiga esdalik nishoni
Qurolli kuchlarning 30-yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi
Esdalik nishoni prezident - Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni nomidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Prezident farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30-yil" esdalik nishoni ta’sis etildi, deya
xabar qildi Norma.uz.
Esdalik nishoni bilan mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar taqdirlanadi.
Jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari ham mukofokotga loyiq ko‘rilishi mumkin.
Esdalik nishoni prezident - Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni nomidan qo‘shilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga guvohnoma beriladi. Esdalik nishoni mukofotlanganlarga kuch ishlatuvchi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topshiriladi.