O‘zbekiston MDHga a’zo bo‘lishdan qanday afzalliklarga ega bo‘ldi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
8 dekabr - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini (MDH) tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolangan kun. Xalqaro tashkilot o‘zining 30-yilligini qarshiladi.
Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan savdo O‘zbekiston iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir ko‘rsatmoqda va respublika o‘z navbatida qo‘shni davlatlarga pandemiya vaqtida qanday yordam berdi?
Sputnik O‘zbekiston bu savollarga ekspertlardan javobni oldi, ular mamlakatning MDHga a’zoligidan olgan 3ta asosiy afzallikni ta’kidlab o‘tishdi.
MDH va O‘zbekiston - 30-yil: hamkorlikning eng muhim bosqichlari

1. Tashqi savdoning o‘sishi

Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lish natijasida O‘zbekiston o‘nta davlatdan iborat bozorga ega bo‘ldi, deb hisoblaydi MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Jarixin.
MDH Ijroiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning ulushi 32 %ni tashkil etadi. Agar 2000-yilda respublikaning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2 mlrd $ni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 12,3 mlrd $ga yetdi.
O‘zbekiston va MDH o‘zaro savdo-sotig‘i hajmi qancha
Joriy yilning yanvar-oktabr oylari natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,7 mlrd $ni tashkil etadi, demak: MDH bilan tovar ayirboshlash respublikadagi jami tashqi savdo aylanmasining 37,6 %ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000-yildagi 8 mlrd $dan 2020-yilda 36,5 mlrd $ga ko‘tarildi.
Ishlab chiqarishning o‘sishi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni tezlashtirmoqda, chunki mamlakat o‘z mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirishi kerak. Bu asosan qishloq xo‘jaligiga ta’sir qildi
Vladimir Jarixin
MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari
MDH Ijroiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 2000-yildagi 5,8 mlrd $dan 2020-yilda 25,9 mlrd $ga oshdi.

2. Vizasiz rejim

O‘zbekiston uchun MDH shunchaki muloqot platfomasini emas, respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir necha bor ta’kidlagan: “Biz uchun - bu ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikning eng muhim institutdir”.
Bu sohalardan biri mehnat bozori, deydi Vladimir Jarixin.
O‘zbekiston fuqarolari MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarga vizasiz borishlari mumkin, bundan tashqari ular u yerda ishlashlari mumkin, bu esa umumiy muloqot tili - rus tili yordam beradi. O‘zbekistondan kelgan ishchilar asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilmoqda
Vladimir Jarixin
MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon respublikaning 84,5 ming nafardan ortiq fuqarosi Rossiyaga tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga jalb qilingan, Qozog‘istonga esa 6,2 ming kishi.
“O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori”, - deydi Vladimir Jarixin (agar 2000-yilda respublikaning doimiy aholisi 24,8 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 34 mlndan oshdi – Sputnik). MDH bu holatda kadrlar resurslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasini bajaradi.
O‘tmishda MDH davlatlarida ish topish imkoniyati O‘zbekistondagi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy masalalarni bartaraf etishga imkon berdi, deb hisoblaydi Jarixin.
"Agar ortiqcha ishchi kuchi mamlakat ichida bo‘lganda ular paydo bo‘lishi mumkin edi", - deydi siyosatshunos.
Ayni paytda O‘zbekiston uchun ish o‘rinlari Rossiya va Qozog‘iston bilan qo‘shma loyihalar asosida yaratilmoqda, misol tariqasida Qozog‘iston yaratmoqchi bo‘lgan transchegaraviy xablar tizimi.

3. Pandemiya davrida hamkorlik

“MDH vaqti-vaqti bilan tashkilot sifatida tanqidga uchragandi, biroq 2020-yil hamdo‘stlikning afzalliklari yaqqol ko‘rinib turibdi”, - deydi FA Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgani o‘rganish markazi instituti katta ilmiy xodimi Aziz Niyozi.
“MDH davlatlari pandemiya boshlanishininisbatan osonlik bilan boshdan kechirdi, COVID-19ga qarshi birgalikdagi ish bunga katta hissa qo‘shdi”.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiyadan kelgan salmoqli qismi gumanitar yordam, tovarlarni tashish bilan bog‘liq logistika masalalari, shuningdek, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumiy chora-tadbirlar muhokamaqilingani haqida ketmoqda: masalan, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga yo‘l olganda "COVID-19siz sayohat" ilovasidan foydalanmoqda.
2020 yilda MDH uchun muhim rolni O‘zbekiston o‘ynadi, u o‘tgan yili tashkilot tashkil topganidan beri ilk bor Hamdo‘stlikka raislik qildi.
“O‘zbekiston o‘zining ehtiyotkor siyosati bilan hammaga ma’lum, unda keskin harakatlar yo‘q va bu qisman mamlakatning MDHga raisligida yordam berdi, chunki 2020-yil haqiqatan ham og‘ir yil bo‘ldi”, — deya ta’kidlaydi Niyozi va pandemiyaga qaramay, O‘zbekistonning MDHga raisligi davrida 100ta tadbir o‘tkazildi va 70tadan ortiq hujjat qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0