https://oz.sputniknews.uz/20211209/denovdagi-portlash-yuzasidan-jinoyat-ishi-ochildi-21726570.html
Denovdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Denovdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo markazida roʻy bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
2021-12-09T16:47+0500
2021-12-09T16:47+0500
2021-12-09T16:47+0500
hodisalar
portlash
bosh prokuratura
denov
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/20999572_0:1876:2048:3028_1920x0_80_0_0_1a38498c8bc65bcd949d562cafd52cb1.jpg
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo markazida roʻy bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.Denov shahri markazidagi ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasida 7 dekabr kuniga oʻtar kechasi portlash sodir boʻlgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 9 kishi jarohatlanib, 2 kishi halok boʻlgan. Portlashdan 65 ta uy zarar koʻrgan, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgan. Viloyat hokimi Toʻra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻliq qoplab berilishini maʼlum qilgan.Bosh prokuratura portlash biron-bir portlatuvchi modda yoki neft mahsulotlari yordamida amalga oshirilgani haqidagi versiyani rad etgan.FVV Davlat yongʻin nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Oʻlmas Muzaffarovning taʼkidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida toʻplangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi.Mavzuga doir:
denov
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/20999572_0:1536:2048:3072_1920x0_80_0_0_feb09dcefef41211cba59125b1176246.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
denovdagi portlash jinoiy ish denov portlash denovdagi portlash jinoiy ish denov portlash
denovdagi portlash jinoiy ish denov portlash denovdagi portlash jinoiy ish denov portlash
Denovdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo markazida roʻy bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining
xabar qilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Denov shahri markazidagi ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasida 7 dekabr kuniga oʻtar kechasi portlash
sodir boʻlgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 9 kishi
jarohatlanib, 2 kishi
halok boʻlgan. Portlashdan 65 ta uy zarar koʻrgan, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgan. Viloyat hokimi Toʻra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻliq qoplab berilishini maʼlum qilgan.
Bosh prokuratura portlash biron-bir portlatuvchi modda yoki neft mahsulotlari yordamida amalga oshirilgani haqidagi versiyani rad etgan.
FVV Davlat yongʻin nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Oʻlmas Muzaffarovning taʼkidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida toʻplangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi
hisoblanadi.