Yo‘lbars yilida qaysi burj vakillariga muhabbat bobida omad kulib boqadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishTigri v Bolshom Moskovskom sirke
Tigri v Bolshom Moskovskom sirke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2021
Obuna bo‘lish
Sharqiy taqvim bo‘yicha, 2022-yil-moviy suv yo‘lbarsi yili. Yo‘lbars yirtqich bo‘lsada, mushuksimonlar oilasiga kiradi, demak, u mehribon bo‘lishi mumkin. Yo‘lbars yilida qaysi burj vakillariga sevgi bobida omad kulib boqadi?
Kirib kelayotgan suv yo‘lbarsi yili barcha burj vakillariga har tomonlama omadli yil bo‘lishga va’da bermoqda. Shaxsiy munosabatlar ham bundan mustasno emas: ko‘p insonlarni ushbu yilda haqiqiy muhabbat kutmoqda.
2022 yilning muhabbat bashoratini astrolog Pavel Globa tuzgan.

Buzoq

Buzoq burji vakillarini kelayotgan yilda katta o‘zgarishlar kutmoqda. Ular bor energiyalarini bu yili faqat moliyaviy sohaga sarflasalarda, shaxsiy hayotda hammasi yaxshi bo‘ladi. 2022-yilda qurilgan munosabatlar esa ular uchun uzoq va mustahkam bo‘lishi mumkin.

Egizaklar

Egizaklar uchun yilning birinchi choragida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin, biroq may oyida uzilgan munosabatlarni qaytadan tiklashga yoki mustahkamlashga ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi.

Tarozi

Tarozi, boshqa munosabatlarda bo‘lgani kabi, sevgida ham juda omadli bo‘ladi. Sevimli inson bilan muloqot romantikaga boy bo‘ladi, do‘stlik va ish bo‘yicha munosabatlar esa mustahkamlanadi.

Chayon

Yangi yilda burj vakillarining shaxsiy hayoti yoqimli lahzalarga boy bo‘ladi. Aprel va noyabr oyining birinchi yarmida chayon burji vakillari bir umrlik sevgisi bilan uchrashishi yoki oila qurishi mumkin.

Tog‘ echkisi

Ular o‘zlarini yil bo‘yi baxtli va sevimli deb his qiladilar. Pozitiv va romantik lahzalar ularni deyarli yil davomida kutadi va har oy taqdir ularga sovg‘alar taqdim etadi.
Amurskie tigrata v Primorskom safari-parke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Boylik, muhabbat va baxt: 2022 - Yo‘lbars yilida kimning omadi chopadi
Yangiliklar lentasi
0