Omikron shtammining ilk surati chop qilindi – foto

© REUTERS / Dado Ruvic / IllustrationShprisi na fone nadpisi Omicron SARS-CoV-2
Shprisi na fone nadpisi Omicron SARS-CoV-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2021
Obuna bo‘lish
Gonkong universiteti olimlari koronavirusning omikron shtammining suratini ko‘rsatishdi.
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Gonkong universiteti olimlari elektron mikroskop yordamida koronavirusning omikron shtammining suratini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Tadqiqotchilar, jumladan, patologiya va virusologiya sohasidagi mutaxassislar, koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangan maymun buyragi hujayrasini (Vero E6) mikrofotografiya qilishga erishishgan.
Olimlarning tushuntirishlaricha, kichikraytirilgan tarzdagi suratda mayda qora virus zarrachalariga ega zararlangan hujayralarni ko‘rish mumkin. Surat kattalashtirilganda virusning toj shaklidagi zarralarini ko‘rish mumkin.
Vesenniy priziv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Virusolog "omikron"ni tabiiy vaksina deb atadi
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi dastlab 11-noyabr kuni ilk bor Botsvanada keyin JARda aniqlangan edi. Qisqa vaqt ichida "omikron" JARda koronavirusning "delta" va boshqa shtammlarini siqib chiqardi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu shtamm s-oqsilida juda ko‘p mutatsiyalarga uchrashi oqibatida bugungi kunda mavjud vaksina va kasallanishdan keyingi immunitetga "chap berish" xususiyatiga ega.
Shu bilan birga, omikron-shtamm bilan kasallanganlar orasida shu kunga qadar biror kishida kasallikning og‘ir kechishi yoki o‘lim holatlari qayd etilmagan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, omikron 60 taga yaqin mamlakatda aniqlangan. Afrikada bu shtamm sabab kasallanish sur’ati o‘sa boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0