Xurmo iste’mol qilayotganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishSbor urojaya xurmi
Sbor urojaya xurmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Afsonalarga ko‘ra, xurmo abadiy yoshlik va go‘zallik manbai. Rostdan ham shundaymi? Sputnik Belarus buni o‘rgandi.
Xurmo hosilining pallasi sentabr- noyabr oylariga to‘g‘ri keladi, ammo savdo rastalarida ushbu ajoyib mahsulot tezda yo‘qolib qolmaydi.
Xurmo tanlash juda oson: yirik, yaltiroq, yoriqlari bo‘lmagan silliq mevani tanlaysiz. Meva barglari yashil dog‘larsiz, qattiq bo‘lishi lozim. Yumshoq xurmoni darhol iste’mol qilish, qattiqlarini esa yana biroz yetilishiga olib qo‘yish kerak.
Xo‘sh, xurmo iste’mol qilayotganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi?

Immunitetni mustahkamlaydi

Xurmo - ko‘p kasalliklarga qarshi ajoyib vosita, tarkibida Vitamin S mo‘l bo‘lganligi sababli, butun organizm ish faoliyatiga ta’sir qiladi. Vitamin S, beta-karotin va kaliy kombinatsiyasi esa olimlar tomonidan immun hujaylarini tiklash uchun “oltin tarkib” deya topilgan.

Qarishni sekinlashtiradi

Xurmo tarkibida antioksidantlar nihoyatda ko‘p. Ulardan biri - katexin-organizm hujayralari qarishini oldini oladi. Aynan antioksidantlar tufayli xurmo qattiq va yopishqoq. Bu esa milklarni himoya qiladi.

Hazm qilishni yaxshilaydi

Ichaklarning yaxshi faoliyati manbai bu- kletchatka. Tarkibida kletchatka ko‘pligi bo‘yicha esa xurmo mutlaq rekordchi: 100 gramm mahsulotga 10% sutkalik oziq-ovqat tolalari to‘g‘ri keladi. Metabolizm faoliyatini shuningdek, foliy kislotasi va vitamin V6 kabi moddalar ham yaxshilaydi

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi

Xurmo A vitamining yuqori miqdori tufayli yorqin to‘q sariq rangga ega. A vitamini esa ko‘rish qobiliyati uchun eng yaxshi dori. Karotin moddasi qorong‘uda ko‘rish, ranglarni idrok etishda yordam beradi hatto, konyuktivitni (ko‘z shaffof shilliq qavati yallig‘lanishi)ni oldini oladi.

Shishlarning oldini oladi

Xurmo- tabiiy siydik hadovchi mahsulot, shuning uchun ham shishlarning oldini oladi.
Mevaning to‘q sariq mag‘zi suyuqlikni oson haydaydi, kaliy foydali vitaminlar va minerallarning organizmda saqlab qolishni ta’minlaydi. Shuningdek, xurmo quvvat beradi, vahima xurujini kamaytiradi, stressni yengillashtiradi.
Xurmoning yana bir yoqimli xususiyati: mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ushbu meva hiqichoqdan xalos bo‘lishda ham ko‘mak beradi.
Yangiliklar lentasi
0